💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Xonalar uchun parda tanlashdagi kichik qoidalar

2 daqiqa 9.1K marta oʻqildi
Xonalar uchun parda tanlashdagi kichik qoidalar
Yotoqxona, oshxona, mehmonxonadagi pardalar uslubini oʻzgartirish haqida tez-tez oʻylab qolasizmi? Bu barchamiz uchun interyerning oddiygina bir buyumi, ammo aynan u uyingiz dizaynini oʻzgartirib yuborishi mumkin. Pardalar saloniga yoʻl olishdan avval maslahatlarimiz bilan tanishib chiqing.

Har bir xona uchun alohida parda tanlanishi zarur. Koʻpchilik uslub va ranglar gammasini hisobga olmasdan, barcha xonalar uchunbir xil pardalar sotib oladi. Bu juda katta xato!
Xonalar uchun parda tanlashdagi kichik qoidalarParda interyerning muhim tarkiblaridan biri hisoblanadi. Ularning vazifasi xonani faqatgina quyosh nurlari va yelvizakdan himoyalash emas, u uyda qulay muhit hosil qilishi kerak. Pardalar tanlovida rang va bezaklar katta ahamiyatga ega. Koʻk va moviy rang salqin, och jigarrang, sariq va qizil ranglar esa iliqlik hissini beradi. Pardadagi koʻngdalang chiziqlar xonani kattaroq, uzunasiga tushgan chiziqlar esa balandroq koʻrsatadi. Guldor pardalar sizni zeriktirib, yoqimsiz hissiyotni uygʻotishi mumkin. Eng yaxshisi- pardalarni mebel qoplamasiga mutanosib tarzda tanlashdir.
Xonalar uchun parda tanlashdagi kichik qoidalarDerazalar uchun parda tanlash chogʻida bir necha murakkab boʻlmagan holatlarni bilib olsangiz, parda bino uslubi bilan chiroyli tarzda uygʻunlashadi.
Xonalar uchun parda tanlashdagi kichik qoidalarYorqin bezaklarga ega pardalar yoz faslida uyingizga yanada koʻproq goʻzallik va koʻrkamlik baxsh etadi. Unutmang, quyoshli xavoda mato kuyib ketadi, shuning uchun bu mavsumda juda qimmat pardadan foydalanmang. Qish vaqtida iliq koloritdagi pardalarni osish maqsadga muvofiq.
Xonalar uchun parda tanlashdagi kichik qoidalarPardalar xonaning dizayniga mos kelishi lozim. Pardaning kengligi deraza kengligidan 3 barobar kattaroq boʻlishi darkor. Ammo parda kengligini juda oshirib yubormang, bunday holatda karniz pardani tutib tura olmasligi mumkin. Mato tanlashda avvalo uning oʻziga hosligi va qimmatligiga emas, ixchamligiga eʼtibor qarating.
Xonalar uchun parda tanlashdagi kichik qoidalarYotoqxona shaxsiy boʻlgani va u yerga begonalar kirmagani tufayli pardani avvalo oʻzingiz uchun tanlashingiz lozim. Bu xona uchun och jigarrang, shaftolirang, tillaranglar mos keladi. Oʻta yorqin ranglar oʻziga eʼtibor tortib, tinch uhlashgan halal beradi.
Xonalar uchun parda tanlashdagi kichik qoidalarYotoqxona derazalariga, ayniqsa ular sharq tomonga qaragan boʻlsa, yorugʻlik tushmasligi uchun qalin parda tanlash zarur. Ammo ularni iloji boricha baxmal matodan tanlamang, yoʻqsa chang toʻplanib qoladi. Pardalar xona devorlariga mos tushishi va ximoyalashi kerak.
Xonalar uchun parda tanlashdagi kichik qoidalar
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!