💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Pxenyan shahri – taqiqlar poytaxti

2 daqiqa 2.5K marta oʻqildi
Pxenyan shahri – taqiqlar poytaxti
Pxenyan shahri - Shimoliy Koreyaning poytaxti boʻlib, ushbu hudud aholisining hayoti turli taqiqlar bilan qurshalgan. Hukumat davlatni hamda aholi vakillarini tashqi taʼsirlardan himoya qilishga urinib keladi. Aynan shu sababli ham ular tomonidan joriy qilingan qoidalar oʻta kulguli va gʻalati tuyuladi.

Koʻk rangli jinsi
Shimoliy Koreya odamlariga koʻk rangli jinsi kiyish mumkin emas. Agar aynan shu turdagi matodan libos kiygingiz kelsa, faqatgina qora ranglisini tanlash kerak boʻladi. Shimoliy Koreya hukumatining fikriga koʻra, koʻk rangli jinsi xalqaro imperializm timsoli emish.

Ammo, ushbu qoida sayyohlarga tegishli emas. Ular shahar boʻylab koʻk rangli jinsida bemalol sayr qilishlari mumkin. Faqatgina, Kim Ir Sen hamda Kim Chen Ir yodgorliklariga kirish avvalida ushbu libosni oʻzgartirib olish talab etiladi.
Pxenyan shahri – taqiqlar poytaxtiYoʻqolsin, internet!
Shimoliy Koreya odamlari internetdan foydalanish huquqiga ega emas. Ularning "Kvanmen" deya ataluvchi ichki tarmoqlari mavjud boʻlib, mazkur tarmoqqa minglab saytlar joylashtirilgan. Xalqaro oʻrgimchak toʻriga esa faqatgina yuqori lavozimli amaldorlar ulana olishadi. Ha, aytganday, Shimoliy Koreyada Wi-Fi degan tushunchaning oʻzi yoʻq.
Pxenyan shahri – taqiqlar poytaxtiMahalliy valyuta faqat shu yerliklar uchun!
Agar Shimoliy Koreyaga sayohat qilish niyatingiz boʻlsa, bu yerda sayyohlarga "Shimoliy Koreya voni" deya ataluvchi milliy valyutani ishlatish uchun ruxsat bermasliklari haqida bilib qoʻying. Sayyohlar mamlakat hududida dollar yoki yevro evazigaharid qilsalar boʻladi.

Xorijlik turistlar uchun mamlakatda alohida doʻkonlar ochibqoʻyilgan. Oʻlkaga kelgan sayyohlar koreyslarning oʻzlari harid qiladigan doʻkonlariga kiritilmaydi.
Pxenyan shahri – taqiqlar poytaxtiXorijga qoʻngʻiroq qilish imkoniyati yoʻq!
Koreyaliklarning mobil telefonlari faqatgina davlat ichidagi aloqalar uchun ishlaydi. Bu yerdagi hech bir odamdan xorijga telefon qilish imkoniyatini beradigan sim-karta topa olmaysiz. Eng qizigʻi, mahalliy odamlar Shimoliy Koreyada boʻlib turgan xorijlik sayyohga ham qoʻngʻiroq qila olishmaydi.
Pxenyan shahri – taqiqlar poytaxti"Koka-kola" haqida unuting!
Avvallari"Koka-kola" ichimligini oʻz hududiga olib kirishni taqiqlagan mamlakatlar ikkita - Shimoliy Koreya hamda Kuba boʻlgan. Ayni vaqtda Kubada mazkur ichimlikni topish imkoni bor, ammo Shimoliy Koreya hududida "Koka-kola" mutlaqo sotilmaydi.
Pxenyan shahri – taqiqlar poytaxtiSayohat qilish taqiqlangan!
Shimoliy Koreyaliklar uchun mamlakat chegarasidan tashqariga chiqish - yetib boʻlmas orzu! Bu yerda gap ularning iqtisodiy imkoniyatlarida emas. Shunchaki, mamlakat hukumati fuqarolarga oʻlkadan tashqariga chiqishni taqiqlab qoʻygan. Hattoki mamlakat ichida harakatlanish uchun ham ularga rahbariyat tomonidan ruxsat berilishi talab etiladi.
Pxenyan shahri – taqiqlar poytaxti
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!