💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Kuch-quvvat bagʻishlashga qodir 14ta foydali mahsulot

3 daqiqa 3.9K marta oʻqildi
Kuch-quvvat bagʻishlashga qodir 14ta foydali mahsulot
Bizning kuch qudratimiz yegan taomlarimizga bevosita bogʻliq. Tanlagan maxsulotlarimiz bgaʼzan bizning quvvatimizni oshirsa, baʼzan tushiradi. Quyida umumiy holatimiz va sogʻligʻimizni himoya qiluvchi kuch-quvvatga boy mahsulotlar roʻyhati keltirilgan.

1. Olma
“Bir kunda 1ta olma- shunda sizga doktor kerak boʻlmaydi” degan oltin naqlni hammamiz bilamiz va haqiqatdan ham shunday. Olmada vitamin va minerallar koʻp boʻlib, u yana kuchli antioksidantlar- flavonoid va polifenolga juda boy. Uni har kuni ertalab turganingizda tanovul qilishga harakat qiling.2. Banan
Bananlar- kaliyga boy eng yaxshi mahsulot boʻlib, qon bosimini meʼyorlashtirishga va yurak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Bananlar poʻst bilan qoplangani uchun uni bemalol sumkaga solib yurishingiz mumkin. Bunday yengil ovqatlar, shubhasiz, tushlik vaqtigacha sizning kuch-quvvatingizni oshiradi.
Kuch-quvvat bagʻishlashga qodir 14ta foydali mahsulot3. Qizil bulgʻor qalampiri
Shirin bulgʻor qalampiri teri goʻzalligi uchun kerakli boʻlgan antioksidant vitaminlar A va Cga juda boy. Jumladan, qizil bulgʻor qalampiri tarkibida likopen boʻlib, u saratonning oldini olishga hizmat qiladi. Agar siz toʻq yurishni istasangiz, qizil bulgʻor qalampiri yordam beradi.
Kuch-quvvat bagʻishlashga qodir 14ta foydali mahsulot4. Tabiiy qora shokolad
Agar siz shirinlikka oʻch boʻlsangiz, tabiiy qora shokolad sizni toʻla kuch bilan taʼminlaydi. Tarkibida tozalangan kraxmal va kuch-quvvat uchun kerakli vitaminlarni yemiruvchi desertli gazakdan yaxshiroq. Sutlisini yeyishni tavsiya qilmaymiz, aynan tabiiy qora shokolad kuchli antioksidantlarga boy. Ammo uning tarkibida shakar mavjud, shuning uchun 1 kunda 1-2 unsiya (taxminan 57gramm) isteʼmol qilish bilan cheklaning.
Kuch-quvvat bagʻishlashga qodir 14ta foydali mahsulot5. Qovoq urugʻlari
Bu urug’ minerallar, magniy, temir, kalsiy, C vitamini va oqsilning koni. Ishontirib aytish mumkinki, qovoq urugʻlari yengil ovqat oʻrnini bemalol qondiradi, ishlash qobiliyatini oshiradi.
Kuch-quvvat bagʻishlashga qodir 14ta foydali mahsulot6. Sabzi
Sabzi tarkibida biriktiruvchi toʻqimalar koʻp boʻlib, koʻrish uchun foydali boʻlgan beta-karotin shaklidagi A vitaminiga boy. Bundan tashqari, sabzi- boshqa koʻp mahsulotlar bilan “chiqishib ketadi”, uni kun davomida yengil ovqat sifatida isteʼmol qilsa boʻladi.
Kuch-quvvat bagʻishlashga qodir 14ta foydali mahsulot7. Limon suvi
Bu juda oddiy koʻrinishi mumkin, ammo limon suvini (sovuq yoki qaynoq) oz-ozdan hoʻplab ichish usuli sizni kuch bilan taʼminlaydi.Suyuqlik charchoqni tarqatishi uchun uni tomoqda biroz ushlab iching. Limon vitamin va fermentlarga qoʻshimcha zaryad beradi.
Kuch-quvvat bagʻishlashga qodir 14ta foydali mahsulot8. Suli yormasi
Sulida sogʻliq uchun kerakli boʻlgan ugʻlevodlar juda koʻp. Ertalabki nonushtaga suli boʻtqa yeng, 25 daqiqa oʻtgandan keyin esa birorta meva isteʼmol qiling.
Kuch-quvvat bagʻishlashga qodir 14ta foydali mahsulot9. Tarvuz
Tarvuz, ayniqsa yozda yengil ovqat uchun ajoyib tanlov. Uning tarkibida likopen mavjud boʻlib, u saraton kasalligining oldini olishda yordam beradi. Tarvuzni och oshqozonga yeyish katta foyda keltiradi. U huddi boshqa yogʻsiz mevalar kabi tez hazm boʻladi va yaxshi soʻriladi. Hazm boʻlishi qiyin ovqatlardan keyin isteʼmol qilish tavsiya etiladi.
Kuch-quvvat bagʻishlashga qodir 14ta foydali mahsulot10. Ananas
Ananas yengil oʻzlashtirilib, uning tarkibida hazm qilishga yordam beruvchi va tozalash hususiyatiga ega bromelayn fermenti mavjud. Shunday boʻlsa-da, ananasni och qoringa tanovul qilish zarurligini unutmang va uni boshqa mahsulotlar bilan aralashtirmang.
Kuch-quvvat bagʻishlashga qodir 14ta foydali mahsulot11. Quritilgan anjir
Ajablanarlisi shundaki, quritilgan anjir qonni yaxshi tozalaydi, shilimshiq va zaxarlarni organizmdan chiqarib yuborishga yordam beradi. Tanlayotganingizda unga shakar va boshqa qoʻshimchalar qoʻshilmaganiga eʼtibor qarating. Anjir tarkibida yetarli darajada shakar bor, shuning uchun bir nechta donasi bilan cheklaning.
Kuch-quvvat bagʻishlashga qodir 14ta foydali mahsulot12. Qulupnay
Qulupnay- tolalarga boy, C vitaminining koni, biotin (teri, soch, tirnoqlar uchun foydali) va foliy kislotasi, antioksidantlarga toʻla mahsulotdir.
Kuch-quvvat bagʻishlashga qodir 14ta foydali mahsulot13. Bodring
Bodring minerallarga boy eng yaxshi sabzavot. Bu mazali, suvli va ozuqaviy yengil poliz ekini barchaga birdek yoqadi.
Kuch-quvvat bagʻishlashga qodir 14ta foydali mahsulot14. Tuzlangan karam
Tuzlangan karam- probiotiklarga boy. Kun davomida kuch quvvat bilan taʼminlashda ishtirok etuvchi B vitamini ushbu probiotiklar tarkibida mavjud.
Kuch-quvvat bagʻishlashga qodir 14ta foydali mahsulot
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!