💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Quruq mevalarning foydali hususiyatlari

2 daqiqa 5.5K marta oʻqildi
Quruq mevalarning foydali hususiyatlari
Dunyoning yetakchi mutahassis va olimlari quruq mevalarni vitaminlar koni, deb atashadi. Bunday mevalar bemalol rafinadlangan shakar oʻrnini bosa oladi. Ular tarkibidagi kletchatka esa oshqozon uchun juda foydali.

Olxoʻri qoqi- kletchatka, saxaroza va pektinlarga boy sanaladi. U ovqat hazm qilish jarayonini tezlashtiradi. Safro haydashni kuchaytiradi va oshqozon suyuqligi sekresiyasini faollashtiradi.
Quruq mevalarning foydali hususiyatlariTurshak- kaliy, magniy va temir kabi moddalarni oʻz ichiga oladi. Turshakni yurak hastaliklari, gipertoniya, anemiya, diabet va hattoki ortiqcha vazn muammosiga duch kelganlarga tavsiya etiladi.
Quruq mevalarning foydali hususiyatlariMayiz- ushbu quruq mevaning 70 foizini uglevodlar tashkil etadi. Shunindek tarkibida koʻp miqdorda temir va kaliy mavjudligi uchun ushbu quruq meva yurak hastaliklarini davolaydi, asab tizimini mustaxkamlaydi. Ammo diabet kasaliga chalingan va ortiqcha vazndan aziyat chekadiganlarga mayiz yeyish tavsiya etilmaydi.
Quruq mevalarning foydali hususiyatlariQuritilgan anjir- bu meva fruktoza va glyukozaga boy hisoblanadi. Undan tayyorlangan murabbo gastrit kasalligiga davo. Qaynatmasi nafas yoʻllari kasalliklarida qoʻllanadi, quritilgan anjirning oʻzi esa qonni koʻpaytiruvchi eng yaxshi vosita sanaladi. Bilsangiz, Yaponiyada saraton kasalligining oldini olish uchun koʻproq anjir tanovul qilishni tavsiya etishadi.
Quruq mevalarning foydali hususiyatlariXurmo qoqi- bu quruq mevaning tarkibida koʻpgina oziqali birikmalar boʻlganligi sabab xurmo qoqini koʻp miqdorda isteʼmol qilish oshqozon hamda ichak faoliyatiga salbit taʼsir koʻrsatishi mumkin. Aynan shuning uchun ham xurmo qoqi diabetga chalingan bemorlarga taqiqlanadi. Ammo buquruq meva charchoqni chiqaradi. Shuningdek, oʻpka shamollashida ajoyib dori vositasi hisoblanadi.
Quruq mevalarning foydali hususiyatlariQuruq mevalarni isteʼmol qilishdan oldin albatta, tozalab yuvib, 10- 15 daqiqadan soʻng tanovul qilishni maslaxat beramiz. U qanchalik toza joyda saqlanmasin, oʻziga changni va mikroblarni tez oladi. Shu sababli yeyishdan oldin ularni yuvish lozim.
Quruq mevalarning foydali hususiyatlariQuruq mevadan kompot
Kerakli masalliqlar: 5-6 dona quritilgan olma, 100 g shakar, 2 dona quritilgan nok, bir hovuch quritilgan olcha, turshak, mayiz va olxoʻri qoqi.

Tayyorlash usuli: idishga suv solib qaynatiladi,qaynayotganda suvga shakar qoʻshib, yaxshilab aralashtiriladi va sirop tayyorlanadi. Sirop 5 daqiqa qaynagach idishga birin-ketin yuvilgan quruq mevalar solinadi. Birinchi boʻlib idishga quritilgan nok solinib, u ham bir necha daqiqa qaynatiladi. Olma va nok qaynagach, idishga quritilgan olcha va boshqa quritilgan mevalar solinib pishiriladi. Kompot tayyor boʻlgach, uni bir necha soatga olib qoʻyiladi va soʻngra isteʼmol qilishingiz mumkin.
Quruq mevalarning foydali hususiyatlari
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!