💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yoʻllar

3 daqiqa 3.7K marta oʻqildi
Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yoʻllar
Deyarli har bir haydovchi mashina haydash tajribasida xavfli yoʻl sharoitlarini boshdan kechirgan. Xavflar turli shakllarda namoyon boʻlishi mumkin, masalan, noqulay ob-havo sharoiti, mast haydovchilar va umuman olganda, sizning sayohatingizni istalgan vaqtda yomon sarguzashtga aylantirishi mumkin boʻlgan inson omili orqali. Boshqa tomondan, baʼzan yoʻlning oʻzi hayotingizni xavf ostiga qoʻyishi mumkin. Quyida havfli boʻlgan 15 ta yoʻlni eʼtiboringizga havola etmoqchimiz!

1. Zodji-La, Xindiston
Ushbu 9 km yoʻl Ladax va Kashmirni birlashtiradi. Ushbu yoʻl toʻgʻridan-toʻgʻri jarlikning yuqorisida joylashganligi bilan bir qatorda, u juda tor. Bu yoʻlga siz avtoulovlar bilan ham, chorva mollari bilan ham sigʻib olishingiz kerak.
Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yoʻllar2. Transfegerashan, Ruminiya
Ushbu yoʻl Karpatda joylashgan va Fagarash tog' tizmasidan ochilgan. Uning balandligi2034 metrga yetadi va Ruminiyadagi eng baland yoʻl hisoblanadi. Transfagarashan oʻzining ajoyib manzaralari bilan mashhur, ammo shu bilan birga juda xavflidir.
Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yoʻllar3. Dalton yoʻli, Alyaska
Dalton yoʻli - bu dunyodagi eng alohidalangan yoʻl hisoblanadi. Uning uzunligi 666 km ni tashkil etadi va u faqat kichik qishloqlarni birlashtiradi. Ushbu yoʻl dunyodagi eng qor bilan qoplangan yoʻl deya ham sanaladi.
Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yoʻllar4. Xardung-La, Hindiston
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Xardung-La yoʻli 5602 metr balandlikda joylashgan (yaʼni deyarli Elbrus balandligiga yetadi). Ginnesning rekordlar kitobi va National Geographic jurnali ushbu avtoulov yoʻlini dunyodagi eng baland yoʻl deb tan oldi.
Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yoʻllar5. Yungas yoʻli, Boliviya
Ushbu trassa dunyodagi eng xavfli yoʻllardan biridir. U yiliga 200-300 nafar insonni hayotdan koʻz yumishiga sababchi boʻladi. Bir tomonida yassi jarlik, boshqa tomonida tik jarlik bor (balandligi 600 metrga yaqin). Ushbu yoʻlda ulov haydashni hatto oʻylash qoʻrqinchli!
Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yoʻllar6. Altantika yoʻli, Norvegiya
Atlantika yoʻli qirgʻoqdagi kichik qishloqlarni birlashtiradi. Biroq, bu yoʻl aslida sayyohlar uchun moʻljallangan, chunki uning koʻrinishi juda ajoyib!7. Guoliang Tunneli, Xitoy
Guoliang tunnelini mahalliy aholi qurgan. Toshga oʻyilgan yoʻl ilgari mahalliy qishloq va tashqi dunyo oʻrtasidagi yagona aloqa usuli boʻlgan. Keyinchalik, davlat 1200 metrli tunnelni qurib, mahalliy aholining sayr qilishini osonlashtirdi.
Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yoʻllar8. Dyu Gua, Fransiya
Ajablanarlisi shundaki, bu yoʻl kuniga bir necha soatgina ochiq boʻladi. Kunning qolgan qismida yoʻl suv ostida qoladi. Ushbu 4,5 km yoʻlga kirishdan oldin, suv oqimining jadvalini tekshiring. Aks holda, sizning mashinangiz shunchaki choʻkib ketishi mumkin.
Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yoʻllar9. Tianmen togʻli yoʻli, Xitoy
Ushbu yoʻlning uzunligi 10 km. Shuningdek, u 99 ta keskin burilishga ega. Uning boshi va oxiri orasidagi balandlik farqi 1000 metrga teng. Ushbu yoʻlda yurish uchun asablar mustaxkam boʻlishi kerak.
Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yoʻllar10. Xana, Gavayi
Ushbu 112 km yoʻl Gavayining Maui orolidagi ikkita aholi punkti Kahului va Xanani birlashtiradi. Ushbu tor, burilishli yoʻl 59 koʻprikni kesib oʻtadi, shulardan 46 tasi bitta yoʻlakli.
Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yoʻllar11. Fediral Kolima koʻchasi, Rossiya
Yakutsk va Magadanni bogʻlaydigan yoʻlning rasmiy nomi "Kolima" boʻlishiga qaramay mahalliy aholi uni "oʻlim yoʻli" deb ataydi. Yoʻlning birinchi 90 km 1932 yilda mahbuslar tomonidan qurilgan. Qurilish 1953 yilda yakunlangan.
Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yoʻllar12. Col De La Bonet, Fransiya
Ushbu xavfli tog' dovoni Fransiya Alp togʻlarida, Italiya bilan chegarada, 2000 metr balandlikda joylashgan. Ushbu yoʻl keskin va kutilmagan burilishlar bilan xavfli.
Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yoʻllar13. Gotard dovoni, Shvetsariya
Bu Alp togʻlaridagi eng baland dovonlardan biridir. 64 kilometrlik yoʻl yoʻlovchini u yoqdan bu yoqqa oʻtkazib, oʻzining goʻzal manzaralari bilan hayratga soladi.
Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yoʻllar14. Kavkaz yoʻli, Rossiya
Ushbu tor yoʻl, togʻlar boʻylab joylashib, Sochi va Ritsa koʻlini birlashtiradi. Ushbu yoʻlda mashina haydash ham qoʻrqinchli, ham maroqli. Xavfli boʻlishiga qaramay umr boʻyi kamida bir marta ushbu yoʻlda sayohat qilsa arziydi.
Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yoʻllar15. Eshima Oxasi koʻprigi, Yaponiya
Garchi bu yoʻl emas, balki koʻprik boʻlsa ham, yuqorida aytib oʻtilgan yoʻllardan kam xavfli emas. Koʻprik Sakaiminato va Matsue shaharlarini birlashtiradi. Uning oʻlchamlari taxminan 1,7 km va kengligi 11,3 metrni tashkil qiladi. Uzoqdan qaraganda, bu koʻprikda mashina boshqarish imkonsizdek tuyuladi.
Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yoʻllar
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!