❤️ Sevgi haqida sherlar

Sensizlikka oʻrganib qoldim

10.1K marta oʻqildi
Sensizlikka oʻrganib qoldim
Sen yoʻq sensizlikka oʻrganib qoldim,
Ungacha ayriliq oʻtida yondim.
Hammadan, hattoki oʻzimdan toldim,
Endi sensizlikka oʻrganib qoldim.

Lek hamon yolgʻizman yoʻqsan yonimda,
Misli bir azobsan yarim jonimda.
Endi iloji yoʻq qaytish yoninga,
Sen yoʻq sensizlikka oʻrganib qoldim.

Endi faqat vadalaring qiynar meni,
Sogʻinaman har erta tong oʻylab seni.
Tashlab ketding, oʻylamading jonim meni,
Yolgʻizginam, sensizlikka oʻrganib qoldim.

Seni jonim, dunyolarga alishmasdim,
Sendan boshqa goʻzallarni hech koʻrmasdim.
Oʻzga bilan ketishingni men bilmasdim,
Sen yoʻq mana sensizlikka oʻrganib qoldim.

Jonim, seni baxtga toʻlib sevgandim,
Allox guvox chin dilimdan sevgandim.
Sevgimizni qadriga yetasan deb bilgandim,
Endi kechdir, sensizlikka oʻrganib qoldim.

Mana bugun ajraldik biz ikki tomon,
Koʻrolmasdan sogʻinaman seni yomon.
Endi senga qaytolmayman sevsamda hamon,
Sen yoʻq sensizlikka oʻrganib qoldim.

Yurak ham yolgʻizlikka koʻna boshladi,
Menga aytgan soʻzlaring koʻnglim gʻashladi.
Mendan ketmoqlikni koʻngling hushladi,
Mayli ketgin, sensizlikka oʻganib qoldim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!