Ona faryodi

Tor qornimda toʻqqiz oy yashab,
Va tugʻulding guldayin yashnab.
Bugun esa koʻzlarim yoshlab,
Oqibating shumidi bolam?!
Koʻzim yoshlab, yuragim dogʻlab.
Hijronlarga vujudim bogʻlab.
Mehribonlik uyiga joylab,
Oqibating shumidi bolam?!
Oʻz-oʻzimni soʻroqlab pinhon,
Deyman qayda adashdim, qachon?
Koʻzlarimda yosh marjon-marjon,
Oqibating shumidi bolam?!
Boʻlsin debon quvvat hamda qut,
Koʻkrak tutib bergandim-ku sut.
Naxot bari boʻldimi unut,
Oqibating shumidi bolam?!
Alla aytib boshing silardim.
Yaratgandan baxting tilardim.
Faqat mehring umid qilardim,
Oqibating shumidi bolam?!
Otangdan soʻng tul boʻlib qoldim.
Parvarishsiz gul boʻlib qoldim.
Ichim yonib kul boʻlib qoldim,
Oqibating shumidi bolam?!
Koʻzga yaqin boʻldi deb bolam,
Tuf-tuf derdim, ortingdan har dam.
Dod, men uchun tor boʻldi olam,
Oqibating shumidi bolam?!
Mehribonlik uyi-mehrli.
Men kabilar bunda qadrli.
Diydang buncha qattiq qahrli,
Oqibating shumidi bolam?!
Mayli meni olib ketmagin,
Men-la oʻzing abgor etmagin.
Faqat bitta iltimosim bor,
Bolajonim, kel rad etmagin.
Bu yer yozda issiq boʻlarkan,
Konditsioner kerak boʻlarkan.
Puling koʻp-ku, hamma xonaga,
Konditsioner qoʻysang boʻlarkan.
Men-ku oʻrganib qoldim xozir,
Biroq bolam, sen sal besabr.
Sen ham bir kun, kelasan axir,
Oqibating shu yerdir bolam.
Va tugʻulding guldayin yashnab.
Bugun esa koʻzlarim yoshlab,
Oqibating shumidi bolam?!
Koʻzim yoshlab, yuragim dogʻlab.
Hijronlarga vujudim bogʻlab.
Mehribonlik uyiga joylab,
Oqibating shumidi bolam?!
Oʻz-oʻzimni soʻroqlab pinhon,
Deyman qayda adashdim, qachon?
Koʻzlarimda yosh marjon-marjon,
Oqibating shumidi bolam?!
Boʻlsin debon quvvat hamda qut,
Koʻkrak tutib bergandim-ku sut.
Naxot bari boʻldimi unut,
Oqibating shumidi bolam?!
Alla aytib boshing silardim.
Yaratgandan baxting tilardim.
Faqat mehring umid qilardim,
Oqibating shumidi bolam?!
Otangdan soʻng tul boʻlib qoldim.
Parvarishsiz gul boʻlib qoldim.
Ichim yonib kul boʻlib qoldim,
Oqibating shumidi bolam?!
Koʻzga yaqin boʻldi deb bolam,
Tuf-tuf derdim, ortingdan har dam.
Dod, men uchun tor boʻldi olam,
Oqibating shumidi bolam?!
Mehribonlik uyi-mehrli.
Men kabilar bunda qadrli.
Diydang buncha qattiq qahrli,
Oqibating shumidi bolam?!
Mayli meni olib ketmagin,
Men-la oʻzing abgor etmagin.
Faqat bitta iltimosim bor,
Bolajonim, kel rad etmagin.
Bu yer yozda issiq boʻlarkan,
Konditsioner kerak boʻlarkan.
Puling koʻp-ku, hamma xonaga,
Konditsioner qoʻysang boʻlarkan.
Men-ku oʻrganib qoldim xozir,
Biroq bolam, sen sal besabr.
Sen ham bir kun, kelasan axir,
Oqibating shu yerdir bolam.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!