🕌 Islom

Sajdai tilovat

2 daqiqa 29.3K marta oʻqildi
Sajdai tilovat
Tilovat sajdasini ado qilish tartibi quyidagicha:

Kim sajdai tilovat oyatini oʻqisa yo eshitsa darhol tahoratli holda, pok joynomoz ustida, qiblaga yuzlanib, quyidagi niyatni qiladi:

Niyati:

نويت أن أسجد سجدة التلاوة متوجها إلي الكعبة خالصا لله تعالي ألله أكبر

“Navaytu an asjuda sajdatattilaavati mutavajjihan ilal kaʼbati xoolisollillahi taʼaalaa Allohu akbar” deb bilan takbirida qoʻlini koʻtarmasdan sajdaga ketadi.
Maʼnosi aytish ham mumkin: Tilovat sajdasini qilishni niyyat qildim,qiblaga yuzlandim,xolis Alloh uchun.Allohu akbar.
Va sajdada uch marotaba:

سبحان ربي الاعلي

“Subhaana robbiyal aʼlaa”ni aytib “Allohu Akbar” deb sajdadan boshini koʻtarib qoʻllarini duoga ochib quyidagi duoni oʻqiydi:

Duosi:

سجدت للرحمان و آمنت بالرحمان فاغفرلي ذنوبي يا رحمان سمعنا و أطعنا غفرانك ربنا و إليك المصير

“Sajadtu lirrohmaani va aamantu birrohmaani fagʻfirliy zunuubiy Ya Rohmaanu, samiʼnaa va atoʻnaa gʻufroonaka robbanaa va ilaykal masiyr” deb qoʻllarini yuzlariga surtib omiyn qiladi.
Maʼnosi: Romanga sajda qildim va Roxmanga imon keltirdim bas mening gunohlarimni kechir yo Roxman. Eshitdik va itoat qildik magʻfiratingni soʻraymiz va qaytish ham sengadir.
Qurʼoni karimning oʻn toʻrt surasida 14 ta sajda oyati kelgan. Agar kishi bir oʻtirishda bir joyda bitta sajda oyotini 100 marta kitobdan xoh yoddan oʻqisa ham oxirida bitta sajda qilish kifoya. Agar boshqa xonaga oʻtib joyini oʻzgartirsa yoki boshqa boshqa sajda oyatlarini oʻqisa har biriga alohida sajda qilinadi. Agar jonli ravishda oʻqilayotgan sajda oyatlarini eshitsa ham hukm shu kabi ado qilinadi. Agar namoz ichida qiroat sajda oyati bilan yakunlansa, ruku’ bilan namoz davom ettirilaveradi. Agar sajda oyati qiroat oʻrtasida kelsa, toʻgʻridan toʻgʻri Allohu akbar deb sajdaga borib uch marta “Subhana robbiyal aʼla” aytib yana Allohu akbarni aytib qiyomga turilib qiroatni davom ettiradi.

Bu amal vojib amaldir, eshitgan vaqtida tahoratsiz boʻlsa keyinchalik tahorati borligida albatta sajda qilib qoʻyishi vojibdir. Vojib amalni tark qilishlik gunohdir.

Tilovat sajdasini ado qilish hikmati:

Ushbu oyatlarda Allohga qurbat xosil qilish buyrugʻi aytiladi. Banda esa U zotga qurbat xosil qilish amalining afzali sajda vaqtidadir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Qachon odam bolasi sajda oyatini qiroat qilib, sajda qilsa, shayton chetga chiqib yigʻlaydi: «Voy, shoʻrim qursin», deydi» dedilar». Muslim rivoyat qilgan.

Ushbu hadisi sharifda bayon qilinishicha, musulmon inson qachon tilovat sajdasini qilsa, Shaytoni laʼinning dardi yangilanib, hasadi qoʻzib chetga chiqib yigʻlar ekan. Odam bolasining Alloh taoloning amriga boʻysunib sajda qilib, jannatga noil boʻlishidan afsus qilib, hasaddan kuyib yonar, oʻzining sajdaga bormagani uchun doʻzaxga tushishiga afsus nadomat qilar ekan
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.