Ixlos surasi va oyatul-kursiyning fazli

Kundalik darslar turkumidan:
Ixlos surasi va oyatul-kursiyning fazli
عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لأَصْحَابِهِ أَيَعْجِزُ أَحَدُكُمْ أَنْ يَقْرَأَ ثُلُثَ الْقُرْآنِ فِي لَيْلَةٍ؟» فَشَقَّ ذَلِكَ عَلَيْهِمْ وَقَالُوا أَيُّنَا يُطِيقُ ذَلِكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ فَقَالَ: «اللَّهُ الْوَاحِدُ الصَّمَدُ ثُلُثُ الْقُرْآنِ» (رواه البخاري).
Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam asʼhoblariga aytdilar: «Sizlardan biringiz bir kechada Qurʼonning uchdan birini oʻqishga ojizlik qiladimi?» Bu ularni qiyin ahvolga solib qoʻydi va: «Qaysi birimizning bunga kuchi yetadi yo Rasululloh?», deyishdi. Shunda u zot: «Qul huvallohu ahad» Qurʼonning uchdan biridir», dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).
عَنْ أُبَيِّ بْنِ كَعْبٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ: «يَا أَبَا الْمُنْذِرِ أَتَدْرِي أَيُّ آيَةٍ مِنْ كِتَابِ اللَّهِ مَعَكَ أَعْظَمُ» قَالَ قُلْتُ اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ قَالَ: «يَا أَبَا الْمُنْذِرِ أَتَدْرِي أَيُّ آيَةٍ مِنْ كِتَابِ اللَّهِ مَعَكَ أَعْظَمُ؟» قَالَ قُلْتُ {اللَّهُ لا إِلَهَ إِلاَّ هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّومُ} قَالَ فَضَرَبَ فِي صَدْرِي وَقَالَ: «وَاللَّهِ لِيَهْنِكَ الْعِلْمُ أَبَا الْمُنْذِرِ» (رواه مسلم).
Ubay ibn Kaʼb roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Abu Munzir, oʻzingizda boʻlgan Allohning Kitobidagi qaysi oyat eng ulug‘ oyat ekanini bilasizmi?», dedilar. Men: «Alloh va Rasuli biluvchiroq», deb javob berdim. U zot yana: «Ey Abu Munzir, oʻzingizda boʻlgan Allohning Kitobidagi qaysi oyat eng ulug‘ oyat ekanini bilasizmi?», dedilar. Men: «اللَّهُ لا إِلَهَ إِلاَّ هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّومُ» (yaʼni, oyatul-kursiy), dedim. Shunda u zot mening koʻksimga urib: «Allohga qasamki, ilmingiz foydali boʻlsin, ey Abu Munzir», dedilar (Imom Muslim rivoyati).
عَن أَبي أُمَامَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمْ: «مَنْ قَرَأَ آيَةَ الْكُرْسِيِّ دُبُرَ كُلِّ صَلاةٍ مَكْتُوبَةٍ لَمْ يَمْنَعْهُ مِنْ دُخُولِ الْجَنَّةِ، إِلاَّ أَن يَمُوتَ» (أخرجه النسائي).
Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kim har farz namozidan keyin oyatul-kursiyni oʻqisa, uni jannatga kirishdan faqat oʻlimgina toʻsib turadi» (Imom Nasoiy rivoyati).
Sharh:
Ixlos surasi va oyatul-kursiy Qurʼoni Karimdagi eng ulug‘ oyatlardan sanaladi, ular Allohning tavhidini, goʻzal ismlari va oliy sifatlarini, U zot subhanahu va taoloni ulugʻlash va Unga hamdu-sanolar aytishni oʻz ichiga olgan.
Bugungi darsdan olinadigan foydalar:
1. Ixlos surasining fazli, uning Qurʼonning uchdan biriga teng ekani;
2. Oyatul-kursiyning fazli, uning Qurʼondagi eng ulug‘ oyat ekani;
3. Har namozdan keyin oyatul-kursiyni oʻqishning fazli, bunday qilish jannatga kirishga sabab boʻlishi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!