Moʻminlarni laqab bilan chaqirishning harom ekani

« Moʻminlarni laqab bilan chaqirishning harom ekani »
“Laqab” soʻzi lugʻatda “ayblash, ustidan kulish, istehzo qilish” kabi maʼnolarni ifodalaydi. Bizning tilimizda “laqab qoʻyish, laqab toʻqish” deganda ham aynan shu maʼnolar koʻzda tutiladi. Lekin arablarda “laqab” soʻzi ijobiy maʼnoda ham qoʻllaniladi. Bunda u maʼlum bir shaxsning tanilgan ismi sifatida zikr qilinadi. Bu yerda kishini tahqirlash, ayblash maʼnolarini boʻlmaydi, oʻziga qoʻyilgan laqab bilan chaqirilayotgan kishi bundan rozi boʻladi. Masalan, Abu Bakr roziyallohu anhuning laqabi “Siddiq”, Umar roziyallohu anhuniki “Foruq”, Oisha roziyallohu anhoniki “Humayro”, Hamzaniki “Asadulloh”, Xolid ibn Validniki “Sayfulloh”, Jaʼfar ibn Abu Tolibniki “Tayyor” boʻlgan. Shunday boʻlsa-da, aslida laqab asosan salbiy maʼnoda birovni ayblash maʼnosida qoʻllaniladi.
Alloh taolo Oʻzining Kitobida aytadi: “Ey moʻminlar,(sizlardan boʻlgan) bir qavm (boshqa) bir (moʻmin) qavm ustidan masxara qilib kulmasin – ehtimol (oʻsha masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroqdir. Yana (sizlardan boʻlgan)ayollar ham (boshqa moʻmina) ayollar ustidan masxara qilib(kulmasinlar) – ehtimol (oʻsha masxara qilingan ayollar)ulardan yaxshiroqdirlar. Oʻzlaringizni (yaʼni, bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizga laqab qoʻyib olmanglar! Iymondan keyin fosiqlik bilan nomlanish (yaʼni, moʻmin kishining yuqorida man qilingan fosiqona ishlar bilan nom chiqarishi) naqadar yomon. Kim tavba qilmasa, bas, ana oʻshalar zolim kimsalardandir” (Hujurot, 11).
Ushbu oyatda Alloh taolo Oʻzining moʻmin bandalarini boshqa moʻmin birodarlari ustidan masxara qilish, ularni ayblash, laqab qoʻyishdan qaytarmoqda. Balki ular ustidan kulib, laqab toʻqiyotgan odam Alloh taologa ulardan koʻra yaqinroqdir. Bu holda laqab qoʻyayotganlar Allohning mahbub bandalarini tahqirlab oʻz nafslariga katta zulm qilgan boʻladilar.
Shuningdek, moʻmina-muslima ayollar ham oʻzlarining moʻmina opa-singillari ustidan masxara qilishlari nahiy qilinmoqda. Ular bilmaydilar, balki ular masxara qilayotgan moʻminalar taqvo va solih amallarda ulardan ustundirlar.
Eʼtibor beradigan boʻlsak, mazkur oyatda “birodarlaringizni masxara qilmang” maʼnosi “oʻzingizni masxara qilmang” deb ifodalanmoqda. Bundan, moʻminlarni masxara qilish, ularga laqab qoʻyish oʻzini masxara qilish bilan teng ekani kelib chiqadi.
Bandalar Allohga iymon keltirib, moʻminlik sharafiga erishganlaridan soʻng bir-birlariga laqab qoʻyib fosiqona ism bilan ismlanishlari qandoq ham yomon! Kimki moʻmin va moʻminalarga laqab qoʻyishni bas qilmasa, Allohga tavba qilmasa, ular oʻzlariga zulm qilgan, isyon ishlari bilan Allohning azobini sotib olgan boʻladilar.
Muqotil aytadi: “Alloh taoloning bu oyati Bilol, Salmon, Ammor, Xabbob, Suhayb, Fuhayra, Huzayfaning mavlosi Solimlar ustidan maszara qilgan Bani Tamim qabilasi haqida nozil boʻlgan” (Abu Hotim rivoyati).
Ato: “Bir-biriga laqab qoʻyish biron moʻminni Islomga xos boʻlmagan ismlar bilan – ey choʻchqa, ey it, ey eshak, deb chaqirishdir”, deb aytgan (Abd ibn Humayd va Ibn Munzir rivoyati).
Ibn Abbos roziyallohu anhu: “Bir-biriga laqab qoʻyish bir kishi avvalda yomon – gunoh ishlarni sodir etib, soʻng tavba qilgach, uning oʻtgan gunohlarini yuziga solib ayblashdir”, degan(Ibn Jarir Tabariy rivoyati).

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!