Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday boʻlgan edilar

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday boʻlgan edilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oxirgi soʻzlari: "Namoz, namoz(ga extiyot boʻlingiz!) Qoʻl ostingizdagi choʻrilar haqqida Allohdan qoʻrqingiz!", degan soʻzlar boʻlgan edi.
***
Xulqlar ichida yolgʻonchilikni juda yomon koʻrardilar.
***
U zot sollallohu alayhi vasallam uchun eng suyumli amal oz boʻlsa ham davomli boʻlgani edi.
***
Nabiy sollallohu alayhi vasallam eng yaxshi, eng saxiy va eng shijoatli inson edilar.
***
Agar odamlarga imomlik qilsalar namozni yengilroq, oʻzlari yolgʻiz oʻqisalar uzunroq oʻqirdilar.
***
Agar yonboshlasalar oʻng qoʻllarini oʻng yonoqlari ostiga qoʻyardilar.
***
Agar qazoi-hojat qilmoqchi boʻlsalar, yerga paslamagunlaricha kiyimlarini koʻtarmasdilar.
***
Agar biror bir xursandchilik xabari yetsa, Allohga shukr qilgan holda sajdaga yiqilardilar.
***
Agar biron qavmdan xavf qilsalar: "Allohim, ularning qarshisiga biz Seni qoʻygaymiz va Sendan ularning yomonligidan panoh berishingni soʻraymiz", derdilar.
***
Agar uylariga kirsalar, tishlarini misvoklardilar.
***
Agar biron bir kasalni koʻrgani borib huzuriga kirsalar: "Hech qisi yoʻq, Alloh xohlasa gunohlardan poklanasan", derdilar.
***
Agar biror bir yoqtirgan narsalarini koʻrsalar: "Allohga hamdu sano boʻlsinkim, Uning neʼmat-(tavfiqi) ila solih amallar barkamol boʻlur", derdilar.
***
Agar mayyitni dafn qilishdan forig‘ boʻlsalar, qabr oldida turib: "Birodaringiz uchun istigʻfor aytingiz va unga sobitqadamlikni soʻrangiz, chunki u xozir soʻralmoqda", derdilar.
***
Agar ahli oilalaridan biron kishi betob boʻlib qolsa, unga muavvizot ("Ixlos", "Falaq", "Nos" suralari)ni oʻqib dam solardilar.
***
Agar ogʻrib qolsalar, muavvizotni oʻqib, oʻzlariga dam solar va badanlarini masʼh qilardilar.
***
Bolalar va ayollarga oʻta mehribon edilar.
***
U zot sollallohu alayhi vasallam chimildiqdagi kelinchakdan ham hayoliroq edilar.
***
Eng koʻp qiladigan duolari: "Robbimiz, bizga dunyoda ham yaxshilik va oxiratda ham yaxshilik ato etgin va bizni doʻzax azobidan asragin!", degan duo edi.
***
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam sukuti uzoq, kulgisi oz boʻlgan zot edilar.
***
Soqollari moʻl, haybatlari ulkan edi.
***
Tahajjud namozini hech qoldirmasdilar. Agar betob boʻlsalar, namozni oʻtirib oʻqirdilar.
***
Safarda ham, hazarda ham toʻlin oy kunlarining roʻzasini qoldirmasdilar.
***
Uxlaganlarida misvok boshlarining oldida turardi, agar uygʻonsalar tishlarini masvoklardilar.
***
Tahoratlarida, oyoq kiyim kiyishlarida, soch tarashlarida va barcha ishlarida imkon qadar oʻngdan boshlashni yaxshi koʻrardilar.
***
Allohni har doim zikr qilardilar.
***
Zuho namozini toʻrt rakaat oʻqir va uni Alloh xohlaganicha ziyoda qilardilar.
***
Hadyani qabul qilar va uni munosib taqdirlardilar.
***
Agar yosh bolalarning oldidan oʻtsalar, ularga salom berardilar.
***
Dushanba va payshanba kunlari roʻza tutardilar.
© Abudavud Yusuf

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!