Koʻzi koʻr avliyo

Yoʻqsil shayxlardan biri koʻzi ojiz pirning uyida “Qurʼon” turganini koʻrdi. Oʻzicha: “Bu yerda “Qurʼon”ning nima keragi bor. Bu odam koʻr boʻlsa”, dedi. Shu oʻy oromini oʻgʻirladi. “Bu yerda shu koʻrdan boshqa hech kim yoʻq, bu qanday sinoat? Yaxshisi hech narsa soʻramay, sabr qilay, sabr bilan niyatimga yetay”, dedi. Tun yarmida “Qurʼon” oʻqiyotgan ovozni eshitdi. Oʻrnidan sakrab turdi-yu shu ajib manzarani koʻrdi: koʻr pir “Qurʼon” oʻqiyotgan yedi! Toʻgʻri oʻqiyotgan edi. Sabrsizlangan shayx beixtiyor savol berdi: “Koʻzing koʻr boʻlgani holda bu satrlarni qanday oʻqiyapsan, hayratdaman, toʻgʻrisi?”.
Koʻr dedi:
“Ey tanning ilmsizligidan xalos boʻlgan, buni Allox qila olmaydimi? Nega hayron boʻlasan? Men Allohga: “Ey madadkorim boʻlgan Alloh, ey madad soʻralguvchi Tangrim, odam joniga qanday bogʻlangan boʻlsa, men “Qurʼon” oʻqishga shunday ishtiyoqmandman. Ammo hofiz emasman. Yo Rabbiy, “Qurʼon” oʻqigan paytimda koʻzlarimga nur ber. Mening koʻzlarimni och, “Qurʼon”ni qoʻlimga olib oʻqiy”, deb duo qildim. Allohdan: “Ey “Qurʼon” ixlosmandi, ey har dardda bizga yuzlangan, bizdan umid uzmagan kishi, qachon “Qurʼon” oʻqishni istasang, uni qoʻlga olsang, shu lahzada koʻzlaringning nurini qaytib beraman, ey buyuk fitratli kishi”, degan nido keldi. Har narsani bilguvchi, hech bir ishdan gʻofil boʻlmagan u ulug‘ podshoh, u yagona Alloh tun chirogʻi yanglig‘ koʻzlarimga nur ehson qilmoqda”.
Mavlono Jaloliddin Rumiy. “Qalb koʻzingni och” kitobidan.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!