🕌 Islom

Muhabbat nima ?

3 daqiqa 15K marta oʻqildi
Muhabbat nima ?
Muhabbat bu- Rosululloh sallollohu alayhi va sallam hijrat qilgan kechalarida u zotning oʻrinlarida toʻshakda uxlagan Ali roziyollohu anhudir. U Rosululloh sallollohu alayhi va sallamni qavmlari oʻldirish uchun jamlanganini bilar va bu toʻshakda u zotning oʻrnilarida qatl qilinishiga aniq ishonar edi.

Muhabbat bu- Rosululloh sallollohu alayhi va sallamga ruhini, obroʻsini, molini fido qilgan Abu Bakrdir roziyollohu anhudir. Uni Quraysh kofirlari urib hushidan ketkazishganda hushiga kelib avval aytgan gapi " Rosulullohga nima boʻldi" boʻlgan edi.

Muhabbat bu- Bani Dinorlik sahobiyadir. Sahobalar uning eri, otasi va birodari Uhudda shahid boʻlishganida unga taʼziya bildirishdi. U esa Rosululloh alayhis salotu vas salomni qidirar edi. Uning koʻzi Rosululloh sallollohu alayhi va sallamga tushgach shunday dedi: " Siz tirik ekansiz, boshqa musibatlar hech narsa emas, yo Rosulalloh".

Muhabbat bu- Savbon roziyollohu anhudir. Bir kuni u rangi siniqqan holda Rosululloh sallollohu alayhi va sallamga koʻrindi. Rosululloh sallollohu alayhi va sallam undan soʻradilar : " Nega ranging oʻzgargan ? " . U dedi: " Menga hech qanday kasallik yoki ogʻriq yoʻq. Ammo sizni koʻrmay yoʻqotib qoʻysam sogʻinib qolayapman".

Muhabbat bu- Hubayb roziyollohu anhudir. U zotni asir olib oʻldirish uchun dor ostiga olib kelishdi. Soʻngra ulardan biri Hubaybga: " Hozir oʻrningda Muhammad boʻlishini hohlarmiding ?"-dedi. Hubayb unga : " Allohga qasamki, men ahlim va avlodim huzurida tinchgina oʻtirib Muhammadga bir tikan kirishini hohlamayman"-degan edi.

Muhabbat bu - Abu Talha roziyollohu anhudir. U zot Uhud gʻazotida Rosululloh sallollohu alayhi va sallamga : " Yo Rosulalloh, yaqin bormang, yaqin bormang. Siz musibatga uchraganingizdan mening tomogʻimga oʻq qadalgani yaxshiroq" - degan edi.

Muhabbat bu- Umar roziyollohu anhudir. Bu zot Rosululloh sallollohu alayhi va sallam vafot etganlarida u kishining suyukli asʼhoblariga : "Muhammad oʻldi demanglar. U zot Musoga oʻxshab Robbilari bilan soʻzlashgani ketdilar. Albatta qaytadilar" -degan edi.

Muhabbat bu- Amr ibn Os roziyollohu anhudir. U kishi aytadi : " Hurmat yuzasidan Rosululloh sallollohu alayhi va sallamga tik boqqanim yoʻq".

Muhabbat bu- Bilol roziyollohu anhudir. U zot Rosululloh sallollohu alayhi va sallamdan keyin azon aytolmay qolgan edi. Bir marta hazrati Umar roziyollohu anhu undan azon aytishini soʻraganlarida uning azoniga butun Madina yigʻlagan edi.

MUHABBAT BU ROSULULLOH SALLOLLOHU ALAYHI VA SALLAMDIRLAR. U ZOT SAHOBALARIGA : " MЕNGA INSONLAR ICHIDAN ENG SUYUKLISI OISHA, KЕYIN UNING OTASIDIR" DЕB EʼTIROF QILGAN EDILAR. MUOZ ROZIYOLLOHU ANHUGA: " EY MUOZ, ALLOHGA QASAMKI, MЕN SЕNI YAXSHI KOʻRAMAN" DЕGAN EDILAR. U ZOT HAZRATI ALIGA : " SЕN MЕNDAN, MЕN SЕNDANMAN" DЕGAN EDILAR. U ZOT BIZNI ESLAB : " MЕNDAN SOʻNG BIR TOIFA INSONLAR KЕLISHADI. ULAR MЕNI JUDA YAXSHI KOʻRISHADI. ULAR HATTO AHLI VA MOLINI FIDO QILIB MЕNI KOʻRISHNI HOHLASHADI" DЕGAN EDILAR.

Bizga muhabbatni oʻrgatgan, qalbni qalbga ulfat qilgan, yaxshilikni hamma eshiklarini ochgan zotga salom va salovot aytaylik:

اللهم صل علي محمد و علي آل محمد كما صليت علي ابراهيم و علي آل ابراهيم انك حميد مجيد.اللهم بارك علي محمد و علي آل محمد كما باركت علي ابراهيم و علي آل ابراهيم انك حميد مجيد.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!