Daʼvo boʻlak, amal boshqa

Sunnatga amal qilish faqatgina kiyinish va tashqi koʻrinishdan iborat emas. Nabiy sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarini oʻrganish, anglash, amal qilish va u zotning yoʻllarini tutish asl sunnatga amal qilishdir. Tarixda u zotning yoʻllarini tutganlar dunyoga egalik qilishdi, taraqqiyotda ildamlab ketishdi. Buning natijasida musulmonlar safi keskin kengaydi.
قال محمد بن عبيد: جاء رجل نبيل كبير اللحية إلى الأعْمش رحمه الله، فسأله عن مسألة خفيفة في الصلاة فالتفت إلينا الأعمش فقال: انظروا إليه! لحيتُه تحتمل حفظَ أربعة آلاف حديث، ومسألتُه مسألة صبيان الكُتاب [السير (تهذيبه) 2 / 646].
Muhammad ibn Abid aytadi: "Aʼmash rahimahullohning oldiga aslzoda, soqoli uzun bir kishi kelib, namozdagi yengil masala haqida soʻradi. Shunda Aʼmash bizga oʻgirilib: "Bunga qaranglar! Soqoli 40 ming hadis yodlashga qodir-u, oʻzi esa yosh bolalarcha savol beryapti", — dedi ("As-siyar").
Qissadan hissa. Darhaqiqat, bugun namozdagi mustahab amallar toʻgʻrisida ixtilof qilib, sunnatga ergashishni daʼvo qilayotganlarning oʻzlari nechta hadis biladilar yoki sunnatni qanchalik tushinishadilar?!
Bizlar davʼat uslubi va sunnat haqiqatini anglashda (sahih va fasih) nurga muhtojmiz. Shariatni faqat zohiriy koʻrinish va tor tushunchalardan iborat, deb biladiganlarning qilmishlari tufayli sunnat (amallari) qanchalar zulm koʻryapti?! (Shayx Muhammad Gʻazzoliy rahimahulloh).

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!