Jannat va undagi neʼmatlar vasfi

Alloh taolo aytadi:
«Taqvo egalari uchun vaʼda qilingan jannatning sifati (budir): «Unda aynimagan suvdan boʻlgan daryolar ham, taʼmi oʻzgarmagan sutdan boʻlgan daryolar ham, ichuvchilar uchun lazzatli (yaʼni badtaʼm va aqldan ozdiruvchi boʻlmagan) maydan boʻlgan daryolar ham, musaffo asaldan boʻlgan daryolar ham bordir. Ular uchun u joyda barcha mevalardan bordir» (Muhammad: 15).
«Taqvo egalari uchun vaʼda qilingan jannatning misoli (budir): uning ostidan daryolar oqur, mevalari va soyalari boqiydir» (Raʼd: 35).
«Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar esa, shak-shubhasiz - Biz (ular kabi) chiroyli amallar qilgan kishilarning ajr-mukofotini zoye qilmasmiz. Ular uchun ostlaridan daryolar oqib turadigan abadiy jannatlar bor boʻlib, ular u joyda oltindan boʻlgan bilakuzuklar bilan bezanurlar va ipak-shoyilardan boʻlgan, yashnab turuvchi liboslar kiyib, soʻrilarda yastanib oʻtirurlar. Naqadar yaxshi mukofot u, naqadar goʻzal joy u!» (Kahf: 30, 31).
«(Ey insonlar), Parvardigoringiz tomonidan boʻladigan magʻfiratga hamda Alloh va Uning paygʻambarlariga iymon keltirgan zotlar uchun tayyorlab qoʻyilgan, kengligi osmon va Yerning kengligi kabi boʻlgan jannatga shoshilingiz!» (Hadid: 21).
«Va ular (jannatga kirgan chogʻlarida) dedilar: Bizlardan gʻam-qaygʻuni ketkazgan zot — Allohga hamdu-sano boʻlsin. Darhaqiqat Parvardigorimiz Gʻafur va Shakurdir. U Oʻz fazlu-marhamati bilan bizlarni mangu turadigan bir diyorga tushirdiki, bu joyda bizlarga na mashaqqat yetar va na charchoq yetar» (Fotir: 34, 35).
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّ فِي الْجَنَّةِ مِائَةَ دَرَجَةٍ أَعَدَّهَا اللَّهُ لِلْمُجَاهِدِينَ فِي سَبِيلِهِ كُلُّ دَرَجَتَيْنِ مَا بَيْنَهُمَا كَمَا بَيْنَ السَّمَاءِ وَالأَرْضِ فَإِذَا سَأَلْتُمُ اللَّهَ فَسَلُوهُ الْفِرْدَوْسَ فَإِنَّهُ أَوْسَطُ الْجَنَّةِ وَأَعْلَى الْجَنَّةِ وَفَوْقَهُ عَرْشُ الرَّحْمَنِ وَمِنْهُ تَفَجَّرُ أَنْهَارُ الْجَنَّةِ» (رواه البخاري)
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jannatda Alloh Oʻz yoʻlidagi mujohidlarga tayyorlab qoʻygan yuzta daraja bor. Har ikki daraja oraligʻi yer bilan osmon oraligʻichadir. Allohdan soʻraydigan boʻlsangiz, oliy «Firdavs» jannatini soʻranglar. Chunki u jannatning eng oʻrtasi va eng yuqorisidir, jannat anhorlari undan oqib chiqadi, Rahmon taoloning Arshi uning ustidadir» (Imom Buxoriy rivoyati).
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «قَالَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ أَعْدَدْتُ لِعِبَادِيَ الصَّالِحِينَ مَا لا عَيْنٌ رَأَتْ وَلا أُذُنٌ سَمِعَتْ وَلا خَطَرَ عَلَى قَلْبِ بَشَرٍ مِصْدَاقُ ذَلِكَ فِي كِتَابِ اللَّهِ { فَلا تَعْلَمُ نَفْسٌ مَا أُخْفِيَ لَهُمْ مِنْ قُرَّةِ أَعْيُنٍ جَزَاءً بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ }» (متفق عليه).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Alloh azza va jalla: «Solih bandalarim uchun koʻz koʻrmagan, quloq eshitmagan, odamzotning xayoliga ham kelmagan narsalarni hozirlab qoʻydim», dedi. Buning tasdigʻi Allohning Kitobidagi: «Bas ularning qilib oʻtgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib qoʻyilgan koʻzlar quvonchini (yaʼni oxirat neʼmatlarini) biron jon bilmas» (Sajda: 17) oyatidir» (Muttafaqun alayh).
Sharh:
Jannat – Alloh taolo solih bandalari uchun hozirlab qoʻygan mukofot hovlisidir. Undagi neʼmatlarni inson aqli tasavvur qilolmaydi, unda koʻz koʻrmagan, quloq eshitmagan, insonning xayoliga ham kelmagan neʼmatlar bor. Nomlari zikr qilingan neʼmatlar dunyodagi narsalarga ismdosh boʻlsada haqiqati umuman oʻzgacha boʻladi.
Bugungi darsdan olinadigan foydalar:
1. Jannat neʼmatlarining buyukligi;
2. Jannatning har xil darajalari va anhorlari bor;
3. Undagi neʼmatlarni inson tasavvur ham qilolmaydi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!