🕌 Islom

“Alhamdulillah” kalimasining hayratbaxsh shifosi

3.7K marta oʻqildi
“Alhamdulillah” kalimasining hayratbaxsh shifosi
Qurʼoni karim va hadisi sharifda sabr-qanoatli boʻlish va gʻam-qaygʻularni mardonovor qarshi olib har doim koʻtarinki kayfiyatda yurish lozimligi koʻp aytilgan. Buning hikmati shundaki, sabrlilik va ijobiy fikrlash insonni davolash vositalarining ikkitasi hisoblanadi. Qurʼoni karimda:

وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ بِشَيْءٍ مِّنَ الْخَوفْ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِّنَ الأَمَوَالِ وَالأنفُسِ وَالثَّمَرَاتِ وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ

Albatta, Biz sizlarni bir oz qoʻrqinch va ochlik bilan, mol-mulkga, jonga mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber.

الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُم مُّصِيبَةٌ قَالُواْ إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّـا إِلَيْهِ رَاجِعونَ

Ular musibat yetganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz», derlar.

أُولَـئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِّن رَّبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُولَـئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ

Ana oʻshalarga Rabbilaridan salavotlar va rahmat bor. Ana oʻshalar hidoyat topganlardir (Baqara surasining 155-157-oyatlari), deb marhamat qilingan.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!