🕌 Islom

Alloh kibrlilarni suymas

1 daqiqa 3K marta oʻqildi
Ey Odam farzandi! Alloh guvohlik beradiki, Allohdan oʻzga iloh yoʻqdir. Farishtalar, ilm egalari adolatda barqarordir. Hakimu Aziz Zotdan oʻzga iloh yoʻq. Albatta Alloh nazdidagi (maqbul) din Islom (dini)dir. Kimki Islomdan boshqa dinni xohlasa, (bu «dini») undan hech qachon qabul etilmaydi. Oxiratda u kimsa ziyon koʻrguvchilardan boʻladi.

Alloh barcha narsalarning eng yaxshisi jannatda ekanining xabarini berdi. Kim Allohni xolis holatda tanisa, keyin U Zotta itoat etsa, najot topdi. Kim shaytonni tanib, unga itoat etmasa, salomat boʻldi. Kim haqni tanib, unga ergashsa, (xavf-xatarlardan) omon qoldi. Kim botilni tanib, undan saqlansa, gʻolib boʻldi. Kim shaytonni va dunyoni tanib, ularni tark etsa, saodatga erishdi. Kim oxiratni tanib, keyin uni talab qilsa, hidoyat topdi. Albatta Alloh Oʻzi xohlagan kishini hidoyatli qiladi va yolgʻiz Unga qaytarilajaksiz.

Ey Odam farzandi! Modomiki, Alloh taolo senga rizqingning kafolatini bergan ekan, nega bu yoʻlda uzundan-uzoq tashvish chekasan?! Oʻrnini qoplash Allohdan ekan, baxillik nega kerak?! Iblis Alloh taoloning dushmani ekan, gʻaflat nechun? Jahannamda azob bor ekan, rohat nechun?! Allohning savobi jannat ekan, gunoh qilish nechun?! Barcha narsa Mening qazoi qadarim bilan boʻlar ekan, sabrsizlik nechun?!

Boy berganlaringizga gʻam chekmasligingiz uchun qoʻlingizga kirganlariga ham suyunib ketmang. Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas».
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.
Islom

Shunday kun keladi

30-may, 20237.6K
Islom

Til ofati

30-may, 20231.9K
Islom

Bolaning sochini oqartirgan kun

30-may, 20235.5K
Islom

Qalb Allohning nazargohidir

17-may, 20232K
Islom

Odobdan yuksak muhabbat yoʻq

17-may, 20232.4K
Islom

Umring ziyoda boʻlgay

16-may, 20232.5K