Borimsiz siz mening Fotima Zuhrolarim
Xayotimda ochilganim lolalarim
Qoʻlimdagi chiroy ochgan guldastalar
Borimsiz siz mening Fotima Zuhrolarim
Quyosh boʻlib porlayapasiz osmonimda
Xar narsadan ustun boylik tillolarim
Bagʻrim toʻlib oʻsayapsiz quchogʻimda
Borimsiz siz mening Fotima Zuhrolarim
Gulday uning umringizni tilaganim
Baxtim toʻkis qildingizku jilolarim
Ollohindan sizni ming bor soʻraganim
Borimsiz siz mening Fotima Zuhrolarim
Muhabbatning mevasi siz mehri daryo
Jonimga jon boʻling doim bolalarim
Olamga zeb qoʻshilganday sizla goyo
Borimsiz siz mening Fotima Zuhrolarim.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!