✍️ Sherlar

Sizdan qarzim yoʻq!

1.1K marta oʻqildi
Kechirasiz, sizdan qarzim yoʻq,
Tikib boʻldim, jonim, xonu monimni.
Xayr, deb jar solib uravermang doʻq..
Qaynatmang tin olib turgan qonimni!

Hech narsa qolmadi soʻz bisotimda,
Kechilish har holda begona emas.
Yolgʻizlik qoʻlidan tutgan ayolni,
Koʻchada kim koʻrsa aybdor demas!

Ularni biz bilan nima ishi bor?
Tokay gap soʻzlardan yashayman ilhaq!
Yetar, ravon boʻlsin ketgan yoʻlingiz..
Hammani taqdirin bitib boʻlgan Haq!

Oʻylamang zamonning zayli erur bu,
Ayriliq, hijron va ranju alamlar,
Sizga insof tilab Robbimga bordim..
Sindiya ne-ne u oʻtkir qalamlar!

Foydasi boʻlmadi, qiynab netarmiz?
Munosib tanlashni bilmadi yurak.
Nochor ogʻir boʻldi, oxir diydamiz,
Sizga visol kerak!
Bizga baxt kerak....!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Borimsiz siz mening Fotima Zuhrolarim

18-dekabr, 2023965
Sherlar

Qanday unutaman

18-dekabr, 20231.2K
Sherlar

Doʻstginamni topolmayapman

18-dekabr, 2023991
Sherlar

Deganlar ham ketdi

18-dekabr, 20231.1K
Sherlar

Oʻtmoqda umrim

18-dekabr, 20231.2K
Sherlar

Bugun sizni toʻyingiz kuni

18-dekabr, 2023997