Oʻtmoqda umrim
Endi qiziq emas, hech bir mavhumlik.
Tabiat ne qilar qalbi gumrohni,
Porlagan koʻngilga tushar, yorugʻlik..
Qiziqtirmay qoldi na bahor, na kuz,
Endi hislarimga choʻkmay qoʻydim tiz..
Koʻz oʻngimdan oʻtar ming bitta kechmish,
Ammo borolmaydi izlar, izma-iz.
Gullar iforini sezmaydi dilim..
Tabiat rangini ilgʻamas koʻzim..
Chaqmoqlar tovushi baʼzan notanish,
Yomgʻirlar ovozi ajib tushnuksiz.
Gavjum davralarda kutishar hamon,
Oʻtli nomalarning sohibasi deb.
Ammo voz kechmoqqa ixtiyorim bor,
Kerak boʻlmay qoldi na qarsak, na sheʼr.
Ostin-ustun kabi goʻyo hamma yoq,
Goʻyo oy ham qayta boʻlmaydi toʻlin..
Qiyomat emas-u shunga yaqinroq..
Shunchaki sensizman.. oʻtmoqda umrim.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!