✍️ Sherlar

Jonim deb jon olar janona qizlar

1.1K marta oʻqildi
Sevgi izhorlarga parvo qilmaydi,
Yugurib tolmadik ortidan bizlar.
Bizlarning dardimiz aslo bilmaydi,
Jonim deb jon olar janona qizlar.

Bizlarga suzadi ohu koʻzlarin.
Qizgʻonmas ayamas shirin soʻzlarin.
Olib qochib goho kulib oʻzlarin.
Jonim deb jon olar janona qizlar.

Kuchamdan oʻtadi qoshlarin qoqib.
Devona aylaydi men tomon boqib.
Kungilga yoʻl topib olovlar yoqib.
Jonim deb jon olar janona qizlar.

Yondirib yurakni aylaydi pora.
Yorishar kunglimiz boqsa bir bora.
Dilda gumonlarga qoldirmay chora.
Jonim deb jon olar janona qizlar.

Oʻylaydi oʻzini kukda oy deya.
Hech kimda yoʻq erur bu chiroy deya.
Novvot qoʻshib beray shirin choy deya.
Jonim deb jon olar janona qizlar.

Sevgi izhorlarga parvo qilmaydi,
Yugurib tolmadik ortidan bizlar.
Bizlarning dardimiz aslo bilmaydi,
Jonim deb jon olar janona qizlar.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Mehrdan gap boshlang mehrdan

18-dekabr, 2023923
Sherlar

Bugun sizni toʻyingiz kuni

18-dekabr, 2023997
Sherlar

Oʻtmoqda umrim

18-dekabr, 20231.2K
Sherlar

Dunyoga sigʻmasdan bir qiz yigʻlaydi

18-dekabr, 20231.1K
Sherlar

Doʻstginamni topolmayapman

18-dekabr, 2023991
Sherlar

Borimsiz siz mening Fotima Zuhrolarim

18-dekabr, 2023965