✍️ Sherlar

Bahorimni qaytaring

2.6K marta oʻqildi
Xazonlarga koʻmdingiz yoʻlim,
Mehrsizim, jonga ozorim.
Mayli dunyo kerakmas yorim,
Bahorimni qaytaring menga.

Dilga yetmas oh-u nolalar,
Koʻzda tinmas achchiq jolalar.
Holim bilmas qizil lolalar,
Bahorimni qaytaring menga.

Diydor soʻrab kunim botadi,
Orom tilab tongim otadi.
Zavol topgan sevgim kutadi,
Bahorimni qaytaring menga.

Mayli boʻlsin hasratli, dogʻli,
Lolagulli, balandboʻy togʻli.
Oʻsha nafis iforli, bogʻli,
Bahorimni qaytaring menga.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Tabriz sogʻinchi

7-avgust, 20182.5K
Sherlar

Kapalaklar odamlardan mehribon

6-avgust, 20184.3K