Noqobil farzand!
Oʻgʻil boʻlib xech Onangni oʻylaysanmi?
Farzandisan-sogʻinganin bilmaysanmi?
Kutar boʻlsa yoʻllaringga koʻzin tikib,
Hech yoʻq oyda axvolini soʻrmaysanmi?
Oʻgʻil ukam boʻldi deya suyungandim,
Andux yutsang opang boʻlib kuyungandim,
Ota-Onam tayanchi bor-armon yoʻq deb,
Jigarginam faqat senga suyangandim.
Nechun bir bor anglolmaysan Onam holin,
Oʻzga yurtda unutdingmi?Onang borin.
Sevib qolib tosh yurakli parizodni,
Qulogʻing berk,tinglamaysan Onam zorin.
Taqdiringni oʻylayman-u dilim vayron,
Gap oʻrgatsam,oyimchangni tili biyron.
Onang qolib,hotinchangni deyar boʻlsang,
Uka seni kim deb atay aqlim hayron.
Erkakman deb yuribsanda koʻkrak kerib,
Topganingni ikki qoʻllab yorga berib.
Tannozoyni oʻz onangdan qoʻyib ustun,
Qul boʻldingmi ishvasiga yogʻday erib.
Onam seni tugʻmaganku azob uchun,
Suyanchiq boʻl hech boʻlmasa savob uchun,
Yillar oʻtdi yashar diydor ilinjida,
Kech boʻlmasdan bir kelib koʻr tavob uchun.
Onam yigʻlar:-diydorini koʻrsam qani?
Har lahzada soʻrab qoʻyar sogʻmi tani.
Gar noqobil boʻlar boʻlsa dilbandlari,
Tilka-pora boʻlar qalbi har onani.
Faqat oʻzing oʻylayverma yurib sarmas,
Yoʻqmi senda kelajak chun orzu-havas.
Oqibatli boʻl jigarim qalbing tinglab.
Ota-Onam yonida boʻl soʻnggi nafas.
Hayot kutmas ukajonim ortingga boq,
Qush boʻlgin-u Vatan tomon qanoting qoq.
Ota-Ona bu dunyoda mexmonimiz,
Kech boʻlmasdan qaytib,mexring gulhanin yoq!!!
Gʻanimatdir har onimiz,ehh ukajon,
Mayli mendan koʻngling qolsin,boʻlsam yomon.
Aytsam tilim,gar aytmasam dilim kuydi,
Magar qaytsang yuragingda qolmas armon!!
Farzandisan-sogʻinganin bilmaysanmi?
Kutar boʻlsa yoʻllaringga koʻzin tikib,
Hech yoʻq oyda axvolini soʻrmaysanmi?
Oʻgʻil ukam boʻldi deya suyungandim,
Andux yutsang opang boʻlib kuyungandim,
Ota-Onam tayanchi bor-armon yoʻq deb,
Jigarginam faqat senga suyangandim.
Nechun bir bor anglolmaysan Onam holin,
Oʻzga yurtda unutdingmi?Onang borin.
Sevib qolib tosh yurakli parizodni,
Qulogʻing berk,tinglamaysan Onam zorin.
Taqdiringni oʻylayman-u dilim vayron,
Gap oʻrgatsam,oyimchangni tili biyron.
Onang qolib,hotinchangni deyar boʻlsang,
Uka seni kim deb atay aqlim hayron.
Erkakman deb yuribsanda koʻkrak kerib,
Topganingni ikki qoʻllab yorga berib.
Tannozoyni oʻz onangdan qoʻyib ustun,
Qul boʻldingmi ishvasiga yogʻday erib.
Onam seni tugʻmaganku azob uchun,
Suyanchiq boʻl hech boʻlmasa savob uchun,
Yillar oʻtdi yashar diydor ilinjida,
Kech boʻlmasdan bir kelib koʻr tavob uchun.
Onam yigʻlar:-diydorini koʻrsam qani?
Har lahzada soʻrab qoʻyar sogʻmi tani.
Gar noqobil boʻlar boʻlsa dilbandlari,
Tilka-pora boʻlar qalbi har onani.
Faqat oʻzing oʻylayverma yurib sarmas,
Yoʻqmi senda kelajak chun orzu-havas.
Oqibatli boʻl jigarim qalbing tinglab.
Ota-Onam yonida boʻl soʻnggi nafas.
Hayot kutmas ukajonim ortingga boq,
Qush boʻlgin-u Vatan tomon qanoting qoq.
Ota-Ona bu dunyoda mexmonimiz,
Kech boʻlmasdan qaytib,mexring gulhanin yoq!!!
Gʻanimatdir har onimiz,ehh ukajon,
Mayli mendan koʻngling qolsin,boʻlsam yomon.
Aytsam tilim,gar aytmasam dilim kuydi,
Magar qaytsang yuragingda qolmas armon!!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!