✍️ Sherlar

Sen qaydan bilarding...

3.6K marta oʻqildi
Sen qaydan bilarding, osmon chetida
Tun zaxri sezdirmay oʻchayotganin,
Intiq sherigini izlab tun boʻyi
Bir yulduz sogʻinib uchayotganin...

Sen qaydan bilarding, gullar saroyda
Adirlar xaqida oʻylar surganin,
Xuv anov qorongʻu koʻringan joyda
Baht meni jimgina kutib turganin.

Sen qaydan bilarding, yuragim kuygan,
Lokin maqsadiga etayotganin.
Sersoqol, qop-qora shlyapa kiygan
Odam menga sovgʻa eltayotganin.

Sen qaydan bilarding, bir odam boʻlsang,
Xech yering boʻlmasa bizlardan oshiq.
Xovlimda sayragan momiqqina qush
Menga tole xaqda aytganin qoʻshiq...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Noqobil farzand!

16-avgust, 20184.4K
Sherlar

Ajab sohir tuyulmoqda bu damlar

15-avgust, 20182.3K