Maylimi?

Nega koʻnglingizga qoʻnibdi gʻubor,
Yoki xomush boʻlish zamon zaylimi?
Sizga kichikkina iltimosim bor:
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?
Faromush oʻy surib, oʻrtanmay gʻamda,
Yashamoq kerakkan yorug’ olamda.
Hech nima demang-u, faqat shu damda,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?
Sizni oʻylayman-u, koʻnglim havotir,
Qalbingiz ochmaysiz, etib yuz-xotir,
Dilim hotirjammas, shu sabab hozir,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?
Mayli zamin uzra boʻlmasin bahor,
Koʻklamga umrbod boʻlay intizor,
Mushtoq yuraklarni aylamay zor-zor,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?
Umid mashʼaliga bagʻishlab uchqun,
Ufqdan subhidamda chiqqandayin kun,
Shu onda, xabarim oqib, men uchun,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?
Yoki xomush boʻlish zamon zaylimi?
Sizga kichikkina iltimosim bor:
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?
Faromush oʻy surib, oʻrtanmay gʻamda,
Yashamoq kerakkan yorug’ olamda.
Hech nima demang-u, faqat shu damda,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?
Sizni oʻylayman-u, koʻnglim havotir,
Qalbingiz ochmaysiz, etib yuz-xotir,
Dilim hotirjammas, shu sabab hozir,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?
Mayli zamin uzra boʻlmasin bahor,
Koʻklamga umrbod boʻlay intizor,
Mushtoq yuraklarni aylamay zor-zor,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?
Umid mashʼaliga bagʻishlab uchqun,
Ufqdan subhidamda chiqqandayin kun,
Shu onda, xabarim oqib, men uchun,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!