Ulgʻaymagan sevgi
Mendan boshqalar ulgʻayishyapti.
Menda ulgʻaygani qaygʻuli quvonch.
Bir sirim aytaymi? Qiynaldim. Rosti!
Asli sen kuchlisan, arslondan kuchli
Nara tortganingda koʻk titraydi-ku.
Begona chorlasa ismingni aytib
Sexrli eshiklar ochilardi-ku.
Men xatto begona boʻlolmadimmi?
Ming yillar boʻldi-ku, isming bilaman-
Ming yilki bir koʻzda baht boshqasida
Chayonni quchoqlab kulaman.
Ming yilki, kutaman marxamatingni,
Ming yilki intiqman chin kulmoqlikka.
Bariga qoʻl siltab ketayin desam
Yana ming yil kerak unutmoqlikka.
Sezyapman, sabrlar ado boʻlyapti
Nima qilsam. Yana toʻlaveraymi?
Oʻzing ayt, kelajak ming yil xam
Chayonning zaxri-la kulaveraymi?!
Nega indamaysan, nega qolding jim,
Rab senga bardoshni toshdan bitganmi?
Ming yillar ozmikan, balki million yil
Sabrning rangidan koʻylak kiyaymi?
Yana sukunatmi, javobingmi bu?
Boʻldi, yuragingga boshqa kirmayman!
Ulgʻaymagan jajji sevgimni quchib
Toshga aylanaman, boshqa kulmayman!
Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!