🕊️ Sogʻinch haqida sherlar

Seni mangu kutaveraman...

2.5K marta oʻqildi
Seni mangu kutaveraman...
Olislardan baxtingni tilab,
Zimdan mehrim tutaveraman.
Orzularim armonga belab,
Bir oʻzingni kutaveraman.

Sen Laylisan, Majnuning oʻzim,
Sensiz yolgʻiz oʻtaveraman.
Yoʻllaringga nigoron koʻzim,
Bir oʻzingni kutaveraman.

Meni unut,- deganing nechun?
Isming dilga bitaveraman...
Koʻzlaringni bir koʻrmoq uchun,
Bir oʻzingni kutaveraman.

Hijron dardi yengolmas erkam,
Gʻam sharobin yutaveraman.
Kelmasliging bilib turib ham,
Seni mangu kutaveraman...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!