Kim uchundir yomonsiz kim uchun yaxshi...
Yaxshi insonlardir umrimiz naqshi
Baxtli inson boʻlmagay yomon
Yomon boʻlsa balkim u baxtsiz baxshi
Baxt oʻzi neligin ayting menga siz
Nahorda koʻz ochgan baxtli insonmi
Yoki toʻrt muchali salomat boʻlib
Erta tong duoda boʻlgan muslimmi
Baxt oʻzi neligin ayting menga siz
Kimgadir boylik aysh,ishrat, qasr
Kim esa baxtim ketdi deb ezilar
Oʻzga yor uning yonida sochini silar
Baxt esa jimgina kuzatar zimdan
U asli zabonsiz achinar dildan
Ilohiy kuch ila tilga kirsa gar der edi
Men qalbingda yashayman xar dam
Sen meni izlab darbadar boʻlma
Menda zabon yoʻqdir
Shuning uchun xam
Yuragingni xar urishida mujassamdirman.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!