✍️ Sherlar

Qiz farzanddan nolimang

3.5K marta oʻqildi
Qiz boʻlsa nima qilibdi?

Bilib qoʻying oʻgʻil emas,
Qiz farzandning savobi koʻp,
Olloh nematiga shukr,
Qilmasangiz savoli koʻp!!!

Qiz boʻlsa nima qipti,
Farzandingizku ahir,
Shaninggiz oqlaguvchi,
Dilbandizngizku ahir!!!

Oʻgʻil deya kuyinmang,
Oʻgʻil beradi Hudo,
Shunisiga shukr deng,
Boʻlmabsiz undan judo!!!

Chun qanchasi yuribdi,
Tirnoqga zor-u ozor,
Bu kishimiz oʻgʻil deb,
Qizidan qilar hazar!!!

Koʻrdik qancha oʻgʻillar,
Ota demay yuribdi,
Hatto oʻz otasidan,
Ul yuzini buribdi!!!

Endi nima deysan sen,
Undan koʻra shukr qil,
Ollohdan oʻgʻil soʻrab,
Oʻyla oʻyla fikr qil!!!

Olloh kechirmas ekan,
Noshukrni ham aslo,
Shukr qilmasang doʻstim,
Unda hayoting rasvo!!!

Kimlar bilsang qiz soʻrar,
Robbimdan yonib yonib,
Sen boʻlsang kechmoqchisan,
Bu farzandingdan nolib!!!

Bilib qoʻygin ey doʻstim,
Shukr qil sabr qilgin,
Olloh oʻzi madadkor,
Olloh buyukdir bilgin!!!

Qiz boʻlsa nima qibdi,
Qiz ham uyning ziyosi,
Qiz darding olguvchidir,
Qizning yoʻqdur qiyosi,

Botir Ali soʻraydi,
Kechma aslo qizingdan,
Qizing koʻzing qarosi,
Aybni qidir oʻzingdan!!!

Qiz boʻlsa nima qibdi!!!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Xayrli tun jonim

15-iyun, 201868.7K
Sherlar

Gʻiybat qilmang iltimos

12-iyun, 20186.8K
Sherlar

Hayot

12-iyun, 201856.8K