Musofirlik risqin terib yurganlar!
Yillab ketsalar ham Vatandan yiroq,
Unutmaydi ona tuprogʻin biroq.
Yuragini yemiradi ayriliq, firoq,
Oson tutmang oʻzga yurtda yurganlarga,
Musofirlik risqin terib yurganlarga.
Uy-joylarning ortida qancha mehnat yotibdi,
Kimlar devor quraru, kimlar shifer qoqibdi.
Gʻiybatchilar ularga nelar deb gap otibdi,
Oson tutmang oʻzga yurtda yurganlarga,
Musofirlik risqin terib yurganlarga.
Uylar qursa qurar mehnatin ortidan,
Mashina minsa minar davlatin ortidan.
Xech ham xor boʻlmas hunarin ortidan,
Oson tutmang oʻzga yurtda yurganlarga,
Musofirlik risqin terib yurganlarga.
Ularga hamisha Xudo boʻlib yor,
Qayda boʻlsalar ham boʻlsin baxtiyor.
Ularning koʻngli misoli oq qor,
Oson tutmang oʻzga yurtda yurganlarga,
Musofirlik risqin terib yurganlarga.
Yaxshi niyat qilsalar, niyatlari boʻlgaydir murod,
Sogʻlik, baxt va omad ularga doim boʻlsin hamroh.
Farzand koʻrsa ismin qoʻysin Xushnud yoki Xolmurod,
Oson tutmang oʻzga yurtda yurganlarga,
Musofirlik risqin terib yurganlarga.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!