Hayot
Goh gʻoliblik nasib etar yomonlarga
Yurak toʻlib ketaverar armonlarga
Yana qancha sinovlaring bor xayot
Bahtni kutsam keltirasan quygʻuni
Alamlarga toʻldirasan koʻngilni
Soʻng tutasan menga yana qoʻlingni
Yana qancha sinovlaring bor xayot
Yoʻllarimda uchrar baland pastlaring
Bormi menga yana ancha qastlaring
Qachon tugar barcha barcha shartlaring
Yana qancha sinovlaring bor xayot
Achchiq achchiq alamlarga koʻndim ham
Goh boshimimni egib qoʻydi ogʻir gʻam
Qaytib berding quvonchlaru ishonchni
Yana qancha sinovlaring bor xayot
Hayot sendan koʻp narsani oʻrgandim
Sendan yahshi muallim koʻrmagandim
Sinovingdan oʻtishni ham oʻrgandim
Mayli qancha sinov boʻlsa ber xayot
Men qaytmasam barchasini berasan
Orzo' niyatlarimga yitqazasan
Bir onda bahtni qoʻlimga tutqazasan
Mayli menga sinovlaring ber hayot.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!