Bir shirin tabassum qiling maylimi

Nega koʻnglingizga qoʻnibdi gʻubor,
Yoki homush boʻlish zamon zaylimi?
Sizga kichikkina iltimosim bor,
Bir shirin tabassum qiling maylimi?
Faromush oʻy surib oʻtirmay gʻamda,
Yashamoq kerak ekan yorug' olamda.
Hech nima demangu faqat shu damda,
Bir shirin tabassum qiling maylimi?
Umid mashʼaliga bagʻishlab uchqun,
Ufqdan subhidamda chiqqandayin kun,
Shu onda sheʼrimni oʻqib men uchun,
Bir SHIRIN TABASSUM qiling maylimi?!!!!!!
Yoki homush boʻlish zamon zaylimi?
Sizga kichikkina iltimosim bor,
Bir shirin tabassum qiling maylimi?
Faromush oʻy surib oʻtirmay gʻamda,
Yashamoq kerak ekan yorug' olamda.
Hech nima demangu faqat shu damda,
Bir shirin tabassum qiling maylimi?
Umid mashʼaliga bagʻishlab uchqun,
Ufqdan subhidamda chiqqandayin kun,
Shu onda sheʼrimni oʻqib men uchun,
Bir SHIRIN TABASSUM qiling maylimi?!!!!!!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!