Men shu yomon qizni yahshi koʻraman

Qorayib yoʻqolar shafaqning yuzi,
Tunning quchogʻida bedor yuraman.
Bir qiz bor – dunyoning eng yomon qizi,
Men shu yomon qizni yahshi koʻraman.
Yoniga boraman, yurib boraman,
Dunyoni chekkaga surib boraman,
Yomonligin bilib turib boraman,
Men shu yomon qizni yahshi koʻraman.
Oʻzi xam qarshimda qotadi xar kun,
Mendan kechib, menga qaytadi xar kun,
Xatto yomonligin aytadi xar kun,
Men shu yomon qizni yahshi koʻraman.
Ertaga men sizni kutaman, deydi,
Soʻng erta boʻlmasa netamiz, deydi,
Bugunning tugashin kutamiz, deydi,
Men shu yomon qizni yahshi koʻraman.
Ovoza qilay deb bahshilar bilsin,
Tish-tirnogʻi bilan qarshilar bilsin,
Menga nima, xamma yahshilar bilsin,
Men shu yomon qizni yahshi koʻraman.
Tunning quchogʻida bedor yuraman.
Bir qiz bor – dunyoning eng yomon qizi,
Men shu yomon qizni yahshi koʻraman.
Yoniga boraman, yurib boraman,
Dunyoni chekkaga surib boraman,
Yomonligin bilib turib boraman,
Men shu yomon qizni yahshi koʻraman.
Oʻzi xam qarshimda qotadi xar kun,
Mendan kechib, menga qaytadi xar kun,
Xatto yomonligin aytadi xar kun,
Men shu yomon qizni yahshi koʻraman.
Ertaga men sizni kutaman, deydi,
Soʻng erta boʻlmasa netamiz, deydi,
Bugunning tugashin kutamiz, deydi,
Men shu yomon qizni yahshi koʻraman.
Ovoza qilay deb bahshilar bilsin,
Tish-tirnogʻi bilan qarshilar bilsin,
Menga nima, xamma yahshilar bilsin,
Men shu yomon qizni yahshi koʻraman.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!