🌙 Tush tabiri

Tushda mashina koʻrish taʼbiri - haydash, sotish, sotib olish, avariya qilish

3 daqiqa 74.8K marta oʻqildi
Tushda mashina koʻrish taʼbiri - haydash, sotish, sotib olish, avariya qilish
Tushda mashina koʻrish turli narsalarni bildirishi mumkin. Oq mashina – kuchli tashvish alomati. Yorqin rangli transport vositalari – ularni “uchirib” haydash va yoʻlda hech qanday toʻsiq va chuqur (yama) larga tushmaslik – muvaffaqqiyat va sharafga erishish belgisi. Yangi mashina – hodisalar rivoji sizning foydangizga bogʻliq ravishda bormoqda. Siz oʻz kuchlaringizga ishonishingiz mumkin.

TUSHDA MASHINA KOʻRISH: MILLER TUSH TAʼBIRI BOʻYICHA
Kishi tushda mashina koʻrsa – unga katta tashvish tugʻdiradigan bir loyihani amalga oshirishi, ammo natija uning uchun juda foydali boʻlishidan. Eski mashina koʻrish – dushmanlaringiz oʻz farovonligini taʼminlash uchun sizning harakatlaringizdan ancha oʻzib ketadi. Yurib ketayotgan mashina ichiga tortib ketishi – biznesdagi yoʻqotishlar va yaqinda ketma-ket keladigan omadsizliklarning boshlanishidan darak. Bu tush umuman olganda omadsiz bitimlardan zarar koʻrish haqida ogohlantiradi.

Tushda ishlab turgan mexanizmni koʻrish – koʻplab jabhalarda jiddiy qiyinchiliklarni vaʼda qiladi va ayni paytda doʻstlaringiz sizni qoʻllab-quvvatlashlaridan xabar beradi. Tushda mashinaning buzilib qolishi – doʻstlarning yoʻqotilishini bildiradi. Agar tushga yongʻin oʻchirish mashinasi kirsa, bu favqulodda vaziyat bilan bogʻliq tashvish va hayajonni vaʼda qiladi. Agar yosh xonim tushida yongʻin oʻchirish mashinasida “uchib ketayotgan boʻlsa – u noxush bitimda qatnashmaslik uchun ehtiyot boʻlish kerak.

TUSHDA MASHINA KOʻRSA NIMA BOʻLADI: SVETKOV BOʻYICHA
Tushda mashina haydash va bundan quvonish – afsuski, omadsizlikka, pulsizlikka, tashvishlar orrtirishga, shaxsiy hayotda noxushliklar va toʻsiqlar uchrashini bildiradi;
Mashinada u yoqdan bu yoqqa yurish – ogʻirliklar, rasmiy ariza, hujjat ramzi;
Mashinani toʻxtab turish joyiga qoʻyish – ajralish vaqti kelganini anglatadi;
Tushda mashina avariyaga, avtohalokatga uchrasa – yoʻqotilganlarning qaytib kelishi;
Ayol kishi tushida mashina haydasa – uning oshigʻi boʻlishi mumkin;
Mashinaning gʻildiragi teshilsa – munosabatlarning yakunlanishi yoki ajrashishlar;
Tushda mashina minish – yangi munosabatlar, nikohlar;
Mashinada safarga chiqish – shaxsiy hayotdagi oʻzgarishlar.
TUSHDA AVTOMOBIL KOʻRISH TAʼBIRI: MILLER BOʻYICHA
Mashinada yurib ketayotganlik – ishlaringizdagi faollik va omad degan maʼnoni anglatadi. Agar siz avtohalokatga uchragan boʻlsangiz, unda bunday tushdan keyin siz ishtirok etishni rejalashtirayotgan bazmdan yaxshi taassurotni kutmang. Tushda mashina boshqarish va bunda avtohalokatdan qochib qutulish – yaxshi nishonadir: siz fikrlaringizga qarshi boʻlgan dushmanlaringiz bilan toʻqnashuvdan qutulib qolishingiz mumkin. Tushda mashina sotib olish – bu ham yaxshi belgi boʻlib, oldingi yaxshi holatingizni tiklashingizdan dalolat beradi. Ammo mashinani sotish – taqdirda noxush oʻzgarishlar kutilishidan gapiradi. Mashina haydasa – tasodifan zarar koʻrish, baʼzida kasalliklar alomati.

Tushda mashina yurib ketayotganida undan tashqariga otib yuborilish – yoqimsiz xabarlar eshitishga. Mashinaning buzilishi ham noxush yangiliklardan darak beradi. Tushda shunchaki avtomobil koʻrish – safarga chiqish, hayotdagi oʻzgarishlar, yoqimli sayohatni bildiradi. Mashinani yoʻqotish yoki uni oʻgʻirlab ketilishi – kelajagingizni hal qiluvchi koʻplab rejalaringizga toʻsqinliklar paydo boʻlishi. Mashinadan tushish – rejalaringizning muvaffaqiyatli amalga oshishi belgisidir, bu sizga mamnuniyat olib keladi.

Mashinaning chiroqlari (faralari) yongan boʻlsa, kimdir siz bilan uchrashishni orzu qilayotganidan gapiradi. Shu sababli, yangi tanishishlarga tayyor boʻlingiz. Mashina chirogʻini lipillatib ketsa, bu beqarorlik belgisidir.

TUSH TAʼBIRI: MASHINA MINSA
Qizil rangli avtomobil – erkinlik istash ramzi. Agar hanuzgacha ota-onangizning “yelkasida oʻtirgan” boʻlsangiz, harakat qilish va mustaqil hayotga qadam bosish kerakligidan. Erkaklar uchun bu haddan ortiq jinsiy faollikni anglatishi mumkin.

Agar tushda mashina pachoq boʻlgan boʻlsa – ishda kamroq vaqt sarflab, oilangiz bilan ham vaqt oʻtkazishingiz kerakligidan. Bu shuningdek boshqalarga koʻp ham tayanmasdan, vaziyat boshqaruvini oʻz qoʻlingizga olish kerakligini ham bildiradi.

Begona odamning mashinasida va yoʻlovchi sifatida ketish – oʻngida unga ishonib topshirilgan ishda javobgarlikni olishdan qoʻrquvni anglatadi.

Tushda siz ketayotgan avtomobil avariyaga uchrab, teskari boʻlib ketsa, maqsadlaringizga erishishda koʻplab toʻsiqlarga duchor kelishingizni bildiradi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!