🌙 Tush tabiri

Tushda ayol koʻrish taʼbiri - xosiyati, nimadan darak berishi talqini

3 daqiqa 24.4K marta oʻqildi
Tushda ayol koʻrish taʼbiri - xosiyati, nimadan darak berishi talqini
Tushda ayol koʻrish – tush koʻruvchi bilan nima sodir boʻlishi mumkinligini anglatadigan maʼnoga ega. Bunda ayol bilan birgalikda yanda qanday holatlar tushga kirganligini inobatga olish kerak. Ayolning tashqi koʻrinishi va xatti-harakati tush taʼbirini aniqlab beradi.

Erkak kishi tushida ayol boʻlib qolsa – oʻngida aqliy qobiliyatlari bilan bogʻliq noxush hodisa sodir boʻlishi mumkin.
Oq libosdagi ayolni koʻrish – omad va baxtga.
Tushda ayol bilan bahslashish – kimdir sizni aldashga urinmoqchi boʻlishiga.
Toʻshakda yotgan ayolni koʻrish – erning kuchli rashki asossizligiga ishora.
Agar kishi tushda samimiy va mehribon ayolni koʻrsa, u bilan suhbatlashishdan zavq olsa – bu yaqinda uning hayotini oʻzgartirib yuboradigan katta aldovning yaqinligini anglatadi.
Yosh va chiroyli ayol bilan uchrashish- xayrli ishora, kelajakda sizni katta quvonch kutmoqda.
Keksa ayol – oqilona qaror qabul qilish kerakligiga.
Soqolli ayol koʻrsa – sizni xafa qiladigan gʻiybatga duch kelishingiz mumkinligiga.
TUSHDA AYOL KOʻRISH: PSIXOLOGIK TUSH TALQINI
Odatda bu obrazning uch turi mavjud. Tushning taʼbiri muayyan obrazning turidan kelib chiqib talqin qilinadi.

Birinchi turdagi ayol – oʻziga rom etadigan maʼshuqa. Agar tushda qizil libosli ayol koʻrsangiz, unda oldinda sizni vasvasa kutmoqda. Ishbilarmon kishilarga puxta oʻylanmagan qaror qabul qilish tavsiya etilmaydi, tez va katta muvaffaqiyatga erishish mumkinligidek koʻrinadigan imkoniyat ortida aldov turgan boʻlishi mumkin.
Ikkinchi turdagi ayol – ona obrazi. Agar ona yigʻlayotgan yoki xafa boʻlsa, bunday tushlar ogohlantirish sifatida qabul qilinishi kerak. Ehtimol siz asossiz harakat, shoshqaloqlik qilishingiz va buning xato ekanligini anglamasligingiz mumkin. Ona bilan qalban suhbat qilish – ishlarning oʻngidan kelishiga. Agar bir ayol oʻzini kishining onasi deb tanishtirsayu, lekin aslida begona boʻlsa, oʻngda “yemagan somsa uchun pul toʻlash” kerak boʻladi.
Odamlar tez-tez koʻrgan uchinchi obraz – suyukligi yoki xotini. Agar tushga bunday turdagi ayol kirgan boʻlsa, unda ruhiy holatga eʼtiborga berish kerak. Agar siz xavotir sezgan boʻlsangiz, unda real hayotda yoki oilada qiyinchiliklar kutishi mumkin.
TUSHDA AYOL KOʻRSA: ROMANTIK TUSH TAʼBIRI KITOBI
Homilador yoki aravachali ayol boʻlsa – yangi oila aʼzosini kutish.
Toʻy libosidagi ayol – kelajakda koʻngilga yaqin kishi bilan nikoh qurish.
Koʻpincha erkaklar jinsiy qoniqmaslik tufayli erotik tushlar koʻradi. Bunga ishora sifatida tushda yalangʻoch ayol koʻrish yoki u bilan yaqin munosabatda boʻlish qabul qilinadi.
Agar tushda ayollar shovqin-suron qilsa, katta tashvishga ishora.
XXI ASR TUSH TAʼBIRI KITOBI: AYOL
Tushdagi goʻzal, chiroyli ayolni koʻrish – boylik, hashamat va daromadga.
Xonimlar janjallashayotgan boʻlishsa – ruhiy bezovtalik belgisi.
Tushda ayol kishini labiga oʻpish – gʻalaba yoki katta foydaga ishora.
Transportda zaifaga joy berish – real hayotda kimningdir hiylasiga tushib qolish.
Tushdagi ayol bilan qoʻshilish – janjalalshib qolishga.
Oq sochli xonim – yetti oʻlchab bir kesish kerakligidan darak.
MISS XASSE TUSH KITOBI BOʻYICHA
Ibodat qilayotgan ayolni koʻrish – yaxshi vaqtlar kelishiga.
Homilador ayol – quvonch.
Ayollar majlisi – xafa boʻlish.
Ayolni oʻpish – koʻp pul ishlab topish.
Sochlari uzun boʻlgan qiz – salomatlik.
Sariq sochli ayol – sevgi rishtalarining mustahkam emasligi.
Agar u kulayotgan boʻlsa – katta quvonch.
FRANSUZCHA TUSH TAʼBIRLARI KITOBIDA
Agar tushda ayol ibodatxonada boʻlsa, real hayotda tasalli va xotirjamlikni bashorat qiladi.
U xonadon, xona ichida boʻlsa – yangi rejalar tuzish, taqdirda muhim oʻzgarishlarga.
Agar chiroyli va kulayotgan ayol boʻlsa – hursandchilik uzoqqa choʻzilmasligiga.
Yovuz, xoʻmraygan yoki yuzida uqubat aks etgan ayolni koʻrish – tirishqoq, mehnatsevar va jabbor boʻlishi kerakligiga ishora. Omad kulib boqishi oʻzini uzoq kutdirmaydi.
Ayol uchun zargarlik buyumi sotib olish – muvaffaqiyatga erishish, biznesda daromad.
Koʻplab ayollarning raqs tushishi – yolgʻon va firibgarlikdan ogohlantirish.
Tush kitobiga koʻra, agar tushda ayol kishining qoʻllarini koʻrish – tashvishlar behuda ekanligidan darak.
Ayol bilan bahslashish – ayyorlik tufayli rejalarning barbod boʻlishi.
Qora sochli va koʻk koʻzlari boʻlgan ayolni koʻrish – kurashdan chiqish.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!