✍️ Sherlar

RAMAZONNI SOGʻINGANLAR

3.6K marta oʻqildi
RAMAZONNI SOGʻINGANLAR
Allox rizosinga zorman,
Gunoxim bisyor iqrorman.
Orangizda men ham borman,
Ramazonni sogʻinganlar.

Bersalarda tillo koʻza,
Ichmay sharob, totmay boʻza.
Naqadar baht tutmoq roʻza,
Ramazonni sogʻinganlar.

Vijdon menga berur tanbex:
Sheʼrga izlayvermay tashbex.
Der zikr qil aytgil tasbex,
Ramazonni sogʻinganlar.

Bizga nasib etmay taqdir,
Oʻtdi janglar, Uhud, Badr,
Lek nasib Laylat-ul Qadr,
Ramazonni sogʻinganlar.

Laʼnatlanmish dunyo dashti,
Soʻnmas moʻminlarning shashti.
Tarovexning bordir gashti,
Ramazonni sogʻinganlar.

Oʻrganmishman bedorlikka,
Qalb mahkummmas bemorlikka,
Chorlayurman iftorlikka,
Ramazonni sogʻinganlar.

Nobakordir toʻkmagin ter,
Roʻza tutma, safo qil der.
E yoʻq rizqin jannatda er,
Ramazonni sogʻinganlar.

Robbim Allox, dinim Islom,
Muxammad Alayxissalom-
Rasulim erur der mudom,
Ramazonni sogʻinganlar.

Umar ibn Hattob kabi,
Sahiydirlar oftob kabi,
Alloxgadir oshiq qalbi,
Ramazonni sogʻinganlar.

Sajdaga tekkandir boshi,
Jannatiylar qarindoshi.
Salmon Forsiyning dindoshi,
Ramazonni sogʻinganlar.

Oʻqib namoz, oʻqib Qurʼon,
Darra urgan misol sakson,
Qilur laʼin makrin yakson,
Ramazonni sogʻinganlar.

Gʻaflat gulin soʻldirajak,
Nafs qutqusin oʻldirajak,
Allox uyin toʻldirajak,
Ramazonni sogʻinganlar.

Ajal kamonidan daydi,
Bir kun bizga oʻq qadaydi.
Kun emas, soat sanaydi
Ramazonni sogʻinganlar.

Bor boʻlarlarlar har onida,
Oʻn bir oyning sultonida.
Roʻzadorlar karvonida,
Ramazonni sogʻinganlar.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Hayot
Sherlar

Hayot

25-aprel, 20192.5K