✍️ Sherlar

Bizni ajal kutib turibdi.

2.2K marta oʻqildi
Bizni ajal kutib turibdi.
Qoʻlimizda imkon qolmas bir,
Jon - chiqguvchi vujud titrab zir.
Qachon yetib borishimiz - sir,
Bizni ajal kutib turibdi.

Koʻngil nedan toʻq-ki, xozircha,
Biz - vaqtini bilmay xotirjam!
Oʻz oʻrnidan jilmay xotirjam,
Bizni ajal kutib turibdi.

Bugun handon otayapmiz-u,
Kundan Ishqsiz oʻtayapmiz-u,
Biz omadni kutayapmiz-u,
Bizni ajal kutib turibdi.

Sheʼrim ogʻir botganga, rosti,
Insof soʻrash eng oliy qasdim.
Oxiratni oʻylamas doʻstim,
Bizni ajal kutib turibdi.

Insof qilmay "ikkiyuz"likda,
Mol-dunyoga boʻlgan xirslikda,
Ketayapmiz yashin tezlikda,
Bizni ajal kutib turibdi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Hayot
Sherlar

Hayot

25-aprel, 20192.5K