• AYRIM HONIMLARGA •

“Post”larni oʻqiyman boʻlib xayrona,
Jiddiy mavzularda kulib, qotishar.
Ostidan nom qoʻyib Ummu Falona,
Kommentlar baxona gaplar otishar!
Sochib qalblardagi pinxon xislarin,
Diniy soʻzlar topib baxonasiga
Eriga aytmagan iliq soʻzlarin
Aytarlar nomaxram parvonasiga.
Kuzgi hazon kabi soʻlib ketmishdir –
Ne boʻldi rijollar ximmatlariga!
Yo Rabbiy, nimalar boʻlmoqda, ahir,
Soʻnggi Paygʻambarning ummatlariga?!
Koʻrsatib oʻzlarin goʻyo “olimlar”,
Chiqolmay izgʻirlar vasvas domidan.
Eng alam qilgani – joxil «Hon»imlar
Soʻz qotishar, xayxot, dinning nomidan!
Ne ajib jasorat, naqadar erkin?!
Yoqangni ushlaysan koʻrib savolni.
Ayting-chi, nima deb tushunish mumkin
Koʻp hotinga targʻib qilgan ayolni?!
Xayodan gapirsa boʻlurmi ahir –
Tunda nomaxramla bahslashgan ayol?!
Erini mensimas, nafsiga asir,
Men xaqman, degani hayoldir, hayol!
Tagʻin, oqlab ushbu shaddodligini,
Deydi: "Xaqparvarman, holis, begʻubor"
Smaylik yoʻllagan bedodligini
Qosh qoqib qoʻygandan nima farqi bor!
Siz koʻp tanildingiz, toʻgʻri, xozirda
Fitnali baxslarga siz doim tayyor!
Ammo shunday ona borki, moziyda,
Xech tanilmasada Buhoriysi bor!
Bilmadim Cukerberg kashf qilgan bu toʻr -
Ishlaydi qay maqsad, qay niyat bilan –
Ammo afsus ayrim muslimani koʻr
Gaplashib yotibdi etti yot bilan!
Tik qarash mushkuldir gapning rostiga,
Xar zamon tan olmas botil gʻururlar,
Xonimlar chekinsin parda ortiga!
Bas, chiqsin saxnaga Amir Temurlar!
Jiddiy mavzularda kulib, qotishar.
Ostidan nom qoʻyib Ummu Falona,
Kommentlar baxona gaplar otishar!
Sochib qalblardagi pinxon xislarin,
Diniy soʻzlar topib baxonasiga
Eriga aytmagan iliq soʻzlarin
Aytarlar nomaxram parvonasiga.
Kuzgi hazon kabi soʻlib ketmishdir –
Ne boʻldi rijollar ximmatlariga!
Yo Rabbiy, nimalar boʻlmoqda, ahir,
Soʻnggi Paygʻambarning ummatlariga?!
Koʻrsatib oʻzlarin goʻyo “olimlar”,
Chiqolmay izgʻirlar vasvas domidan.
Eng alam qilgani – joxil «Hon»imlar
Soʻz qotishar, xayxot, dinning nomidan!
Ne ajib jasorat, naqadar erkin?!
Yoqangni ushlaysan koʻrib savolni.
Ayting-chi, nima deb tushunish mumkin
Koʻp hotinga targʻib qilgan ayolni?!
Xayodan gapirsa boʻlurmi ahir –
Tunda nomaxramla bahslashgan ayol?!
Erini mensimas, nafsiga asir,
Men xaqman, degani hayoldir, hayol!
Tagʻin, oqlab ushbu shaddodligini,
Deydi: "Xaqparvarman, holis, begʻubor"
Smaylik yoʻllagan bedodligini
Qosh qoqib qoʻygandan nima farqi bor!
Siz koʻp tanildingiz, toʻgʻri, xozirda
Fitnali baxslarga siz doim tayyor!
Ammo shunday ona borki, moziyda,
Xech tanilmasada Buhoriysi bor!
Bilmadim Cukerberg kashf qilgan bu toʻr -
Ishlaydi qay maqsad, qay niyat bilan –
Ammo afsus ayrim muslimani koʻr
Gaplashib yotibdi etti yot bilan!
Tik qarash mushkuldir gapning rostiga,
Xar zamon tan olmas botil gʻururlar,
Xonimlar chekinsin parda ortiga!
Bas, chiqsin saxnaga Amir Temurlar!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!