ONANG MEHMON, OTANG OMONAT

ONANG MEHMON, OTANG OMONAT
Mast etmasin olqishlar zoʻri,
Uzun-kalta hushtaklar joʻri.
Arslonmisan yo oqsoq boʻri,
Onang mehmon, Otang omonat.
Yuzda ajin, soch oq, hasta hol,
Turmush yuki dasti qaddi dol.
Allasi hush, topgani halol,
Onang mehmon, Otang omonat.
Kuzak kelib, koʻklami ketgan,
Hech kam boʻlmas qadriga etgan.
Tomchi suvni sendek er etgan,
Onang mehmon, Otang omonat.
Yuz ranjingga bilmas bir araz,
Sen haqingda qilmas shum faraz.
Mehri tekin, tengsiz, begʻaraz,
Onang mehmon, Otang omonat.
Chigal-chalkash dunyo shahmati,
Kimda huzur, kimda zahmati.
Bil duosi Haqning rahmati,
Onang mehmon, Otang omonat.
Sen bazmda bedor qoʻsh tuni,
Koʻnglini ol nasib har kuni.
Qaytar dunyo deydilar buni,
Onang mehmon, Otang omonat.
Doʻst topilar har holat, har yosh,
Juftu-bandlar omon boʻlsa bosh.
Hech topilmas ser sabr, ser dosh,
Onang mehmon, Otang omonat.
Otasizlik alam bu, bu dard,
Onasizlik yuvsa ketmas gard.
Ikki dunyo siring sotmas mard,
Onang mehmon, Otang omonat.
Dunyo makkor, aldachi omad,
Tuproq tuproq boʻlguvchi qomad.
Sen etgan Gʻulomjon Normat,
Onang mehmon, Otang omonat.
Kerak emas qarsaklar zoʻri,
Zal titratar hushtaklar joʻri.
Arslonmanmi yo oddiy boʻri,
Onam mehmon, Otam omonat.
Mast etmasin olqishlar zoʻri,
Uzun-kalta hushtaklar joʻri.
Arslonmisan yo oqsoq boʻri,
Onang mehmon, Otang omonat.
Yuzda ajin, soch oq, hasta hol,
Turmush yuki dasti qaddi dol.
Allasi hush, topgani halol,
Onang mehmon, Otang omonat.
Kuzak kelib, koʻklami ketgan,
Hech kam boʻlmas qadriga etgan.
Tomchi suvni sendek er etgan,
Onang mehmon, Otang omonat.
Yuz ranjingga bilmas bir araz,
Sen haqingda qilmas shum faraz.
Mehri tekin, tengsiz, begʻaraz,
Onang mehmon, Otang omonat.
Chigal-chalkash dunyo shahmati,
Kimda huzur, kimda zahmati.
Bil duosi Haqning rahmati,
Onang mehmon, Otang omonat.
Sen bazmda bedor qoʻsh tuni,
Koʻnglini ol nasib har kuni.
Qaytar dunyo deydilar buni,
Onang mehmon, Otang omonat.
Doʻst topilar har holat, har yosh,
Juftu-bandlar omon boʻlsa bosh.
Hech topilmas ser sabr, ser dosh,
Onang mehmon, Otang omonat.
Otasizlik alam bu, bu dard,
Onasizlik yuvsa ketmas gard.
Ikki dunyo siring sotmas mard,
Onang mehmon, Otang omonat.
Dunyo makkor, aldachi omad,
Tuproq tuproq boʻlguvchi qomad.
Sen etgan Gʻulomjon Normat,
Onang mehmon, Otang omonat.
Kerak emas qarsaklar zoʻri,
Zal titratar hushtaklar joʻri.
Arslonmanmi yo oddiy boʻri,
Onam mehmon, Otam omonat.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!