🤲 Ota-ona haqida sherlar

....ONAMGA...

14.9K marta oʻqildi
....ONAMGA...
....ONAMGA...
Sogʻinchimni aytay desam, soʻz qolmadi,
Yigʻlay desam daryosi bor, koʻz qolmadi.
Bagʻr nima bilmay qoldim Onajonim,
Bagʻrim kuyib yonay desam, oʻt qolmadi !

Umr oʻzin karvonida oʻtib borar,
Ammo sizsiz, dunyo goʻyo choʻkib borar.
Kulib turgan chexrangizni Onajonim,
Topolmayin yoʻqlik meni yutib borar !

Oxlarimni yozaversam qalam yigʻlar,
Sizsizlikka qasd qilgandek, alam yigʻlar.
Hovlidagi rayhonlar xam Onajonim,
Chakkangizga taqilmasdan titrab yigʻlar !

Oppoq roʻmol tahlangancha qolib ketdi,
"Bolam", degan soʻzlaringiz qolib ketdi.
Osmon qoldi, zamin qoldi Onajonim,
Endi diydor, qiyomatda qolib ketdi !

Boray desam vaqt etagim ushlab turar,
Bu dunyoda risq, nasiba ushlab turar.
Ikki dunyo kelisholmay Onajonim,
Sizni unda, meni bunda ushlab turar !

Bir kun diydor nasib boʻlar, ishonchim bor,
Bagʻringizga bosh qoʻygani, umidim bor.
Sizni biram sogʻinganman Onajonim,
Sizga qancha aytolmagan gaplarim bor !

Pichirlayman oʻz-oʻzimga nedur soʻzlab,
Qoʻllarimda suratingiz turar boʻzlab.
Shu bir parcha qogʻoz bilan Onajonim,
To tonggacha dardlashaman sizni izlab!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!