✍️ Sherlar

RAMAZON TUXFASI

3.5K marta oʻqildi
RAMAZON TUXFASI
RAMAZON TUXFASI.🌺🕊

Jamiki roʻzador aka-ukalarim nomidan!
Aziz va Munis, Kamtarin va Hokisor Oʻzbegim Ayollariga☝️...

Dunyoning hayoyu-sharmi sizniki!
Shirinlik va xamda garmi sizniki!
Oʻzbegim ayoli, unutmang aslo:
Tutgan roʻzamizning yarmi-sizniki!

Zoʻr-bazoʻr turamiz saxarga arang,
Tayyor ovqatga xam qilamiz tarang,
Uygʻotasiz,yalinib... bizlarni,qarang:
Tutgan roʻzamizning yarmi-sizniki!

Kunduzi tengma-teng toʻkasiz terlar,
Sizsiz qurib bitar ekin-u,erlar,
Bildim, joningizni nedan qirq derlar:
Tutgan roʻzamizning yarmi-sizniki!

Biz tutgan roʻzani siz xam tutyapsiz,
Gaz yoʻq-oʻchogʻingiz... tutun yutyapsiz,
Xamon kelajakdan-umid... kutyapsiz:
Tutgan roʻzamizning yarmi-sizniki!

Qoʻlingiz kosov-u, sochlar-supurgi,
Egnizda-koʻylaklar... bir yil burungi,
Sizga bas, ovsinlar jonli gurungi:
Tutgan roʻzamizning yarmi-sizniki!

Aslida Alloxning raxmati-Sizsiz!
Biringiz-qaynona, kelinsiz-qizsiz!
Bilmadim axvol ne boʻlardi, Sizsiz:
Tutgan roʻzamizning yarmi-sizniki!

Bu xaqda yozgandim... yana qaytaman,
Tashakkur aytayin qayta-qayta Man,
Kimgadir yoqmasa... baland aytaman:
Tutgan roʻzamizning yarmi-sizniki!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!