✍️ Sherlar

Xaqqimizga duo qilgan birodarim

7.9K marta oʻqildi
Xaqqimizga duo qilgan birodarim
Xaqqimizga duo qilgan birodarim

Yetkazganga shukur deymiz eng avvalo,
Doʻstlar, sizga extiromla qilay taʼzim.
Balolardan panox bersin sizga Hudo,
Xaqqimizga duo qilgan birodarim.

Yoʻqlab bizday doʻstingizni gʻoyibona,
Aritgaysiz tanda boʻlsa neki dardim.
Qoʻllar ochib qaygʻudami shodiyona,
Xaqqimizga duo qilgan birodarim.

Doʻst boʻlsa qanday boʻlar sizdan ortiq,
Sizdan ortiq kim xam bilar edi qadrim.
Jannatini Allox qilsin sizga tortiq,
Xaqqimizga duo qilgan birodarim.

Dunyo emas ohiratim uchun eslab,
Sinovlarga tushganida ojiz sabrim.
Tilagaysiz yashilikni bizga izlab,
Xaqqimizga duo qilgan birodarim.

Maxshar tomon manzilimiz boshlanganda,
Duoingiz sabab nurga toʻlsa qabrim.
Xamma sukut saqlab koʻzlar yoshlanganda,
Xaqqimizga duo qilgan birodarim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!