2019 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo xayʼatining 2019 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori boʻyicha
QARORI
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo xayʼatining milodiy 2019 yil (xijriy 1440 yil) uchun ZAKOT nisobi 1 gramm tilloning bugungi kunda bozorlarimizdagi oʻrtacha narhi 200 000 (ikki yuz ming) soʻm ekanligini eʼtiborga olib, zakot nisobi 85 (sakson besh) gramm tillo, yaʼni 17 000 000 (oʻn etti million) soʻm deb belgilangani va mazkur summaning qirqdan bir (1/40) xissasi, yaʼni 425 000 (toʻrt yuz yigirma besh ming) soʻmni zakot niyatida chiqarilishi xaqidagi hulosasi maʼqullansin.
Maʼlumki, fitr sadaqasi Paygʻambarimiz sallalloxu alayxi vasallamning xadislariga binoan toʻrt narsadan chiqariladi. Ular bugʻdoydan yarim so', arpadan bir so', mayizdan yarim so' va hurmodan bir soʻdir. Bir so' taqriban (≈) 4 kilogrammdir.
Shunga koʻra, bu yilgi FITR sadaqasining miqdori Toshkent shaxar bozorlaridagi narhga koʻra:
≈ 2 kilogramm bugʻdoydan 6 000 (olti ming) soʻm;
≈ 4 kilogramm arpadan 10 000 (oʻn ming) soʻm;
≈ 2 kilogramm mayizdan 70 000 (etmish ming) soʻm;
≈ 4 kilogramm hurmodan 100 000 (yuz ming) soʻm boʻladi.
Xar kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt maxsulotning hoxlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya.
Bu yilgi FIDYa miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida boʻlib, uning oʻrtacha qiymati 15 000 (oʻn besh ming) soʻm, deb belgilansin.
Usmonhon ALIMOV
Oʻzbekiston musulmonlari
idorasi raisi, muftiy

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!