🎵 Qoʻshiq matnlari

Dilnoza Ismiyaminova - Yor-yorlar

3.5K marta oʻqildi
Dilnoza Ismiyaminova - Yor-yorlar
Endi seni sogʻinmay qoʻydim
Kelishingni kutmayman toʻydim
Sogʻinadi deb oʻylama
Soxta sevgingdan kuydim

Men sevgiga ishonmay qoʻydim
Yolgʻoningdan charchadim toʻydim
Xasta yurak qoʻy yigʻlama
Muhabbatingdan kuydim

Yor-yorlar aytmang qulogʻimga
Men baxtga yengildim
Oʻlanlar aytmang qulogʻimga
Men sevgiga taslim boʻldim

Yor-yorlar aytmang qulogʻimga
Men baxtga yengildim
Oʻlanlar aytmang qulogʻimga
Men sevgiga taslim boʻldim

Endi meni sogʻinmay qoʻygin
Chin sevgimni yolgʻonga yoʻygin
Qaytib kelar deb oʻylama
Oʻzga yoringni suygin

Meni unut eslama bagʻritoshim
Endi afsus yetmaydi bardoshim
Alamlardan egildi boshim
Qolib ketti koʻzimda yoshim

Yor-yorlar aytmang qulogʻimga
Men baxtga yengildim
Oʻlanlar aytmang qulogʻimga
Men sevgiga taslim boʻldim

Yor-yorlar aytmang qulogʻimga
Men baxtga yengildim
Oʻlanlar aytmang qulogʻimga
Men sevgiga taslim boʻldim
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!