🎵 Qoʻshiq matnlari

Xamdam (Mango) - Onam Qani (Xotira)

3.1K marta oʻqildi
Xamdam (Mango) - Onam Qani (Xotira)
Onam desa koʻzimda yosh aylanar,
Alam bilan boʻgʻzimga tosh boylanar.
Yomgʻir boʻlib, kuylamoqqa shaylanar,
Onam qani, yupatuvchi onam qani?

Koʻxna dunyo seni ona tugʻmadimi?
Onasizlik boʻgʻzingdan yo boʻgʻmadimi?
Keng bagʻringga bitta onam sigʻmadimi?
Onam qani yupatuvchi onam qani?

Yolgʻonchi dunyo ekan onam,
Yaxshilarga joy yoʻq onam,
Oʻrningiz jannatlarda onam,
Mehribonim jon onam, onam!
Yolgʻonchi dunyo ekan onam,
Sizni juda sogʻindim onam,
Yoʻqligingiz menga qilar alam,
Beozorim onam onam...

Tushlarimga bir borgina kiring onam,
Uyga qachon kelasan deb urushing onam.
Sizsiz endi bu keng dunyo zulmat xona,
Dunyolarim yorituvchi onam qani?

Yolgʻonchi dunyo ekan onam,
Yaxshilarga joy yoʻq onam,
Oʻrningiz jannatlarda onam,
Mehribonim jon onam, onam!
Yolgʻonchi dunyo ekan onam,
Sizni juda sogʻindim onam,
Yoʻqligingiz menga qilar alam,
Beozorim onam onam...

Onam desa koʻzimda yosh aylanar,
Alam bilan boʻgʻzimga tosh boylanar.
Yomgʻir boʻlib, kuylamoqqa shaylanar,
Onam qani, yupatuvchi onam qani?
Onam qani, yupatuvchi onam qani?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!