🎵 Qoʻshiq matnlari

Rayhon armondan soʻra

3.2K marta oʻqildi
Rayhon armondan soʻra
Sensiz, oʻtadi kunlar sensiz,
Orzular endi yolgʻiz.
Yigʻlaydi yurak unsiz,
Qaygʻular goʻyo cheksiz.
Qiyin menga sevgingsiz,
Qanday unutay?

Hammadan kechib men tanladim,
Koʻzlaringdan oʻzim izladim.
Endi sevgimizda yolgʻizman, qara.

Yuragim ovutdim nechalar,
Vujudimni alam parchalar,
Endi meni yolgʻiz armondan soʻra.
Armondan soʻra, armondan soʻra.

Yetar, azoblaganing yetar,
Ishonchim ortga qaytar.
Yuragim senla ketar,
Qanday unutay?

Hammadan kechib men tanladim,
Koʻzlaringdan oʻzim izladim.
Endi sevgimizda yolgʻizman, qara.

Yuragim ovutdim nechalar,
Vujudimni alam parchalar,
Endi meni yolgʻiz armondan soʻra.
Armondan soʻra, armondan soʻra.

Eslatar hamon,
Muhrlanib sendan qolgan orzular,
Faqat senga ishongandim.
Sen ketding oson,
Oʻylagandim bari tez unutilar,
Qaygʻular…

Hammadan kechib men tanladim,
Koʻzlaringdan oʻzim izladim.
Endi sevgimizda yolgʻizman, qara.

Yuragim ovutdim nechalar,
Vujudimni alam parchalar,
Endi meni yolgʻiz armondan soʻra.
Armondan soʻra, armondan soʻra.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!