🎵 Qoʻshiq matnlari

Farhod va Shirin - Ota uyning ostonasi

2.4K marta oʻqildi
Farhod va Shirin - Ota uyning ostonasi
Boʻy yetganda goʻzal qalam qoshmi qizlar,
Palahmonlar olib otgan toshmi qizlar,
Qadrdonlar koʻzidagi yoshmi qizlar?
Derlar bari boʻlib taqdir hayronasi,
Hayr endi ota uyning ostonasi,
Hayr endi ona uyning ostonasi.

Osonmidi bir niholdan gul tuzmoqlik,
Atrofida yurib yelib yoʻl tuzmoqlik,
Qanday boʻlar ekan endi dil uzmoqlik?
Oʻtmay qolar hech biror bir qahonasi,
Hayr endi ota uyning ostonasi,
Hayr endi ona uyning ostonasi.

Nahot endi boshidan suv oʻgirmaslar,
Koʻngil uchun koʻngil soʻrab oʻtirmaslar,
Yuraklarda baxtli boʻlgin degan saslar,
Bolalikning, erkalikning koshonasi,
Hayr endi ota uyning ostonasi,
Hayr endi ona uyning ostonasi.

Qiz bola shu uzib ketar band-bandingdan,
Mehmon-mehmon oʻyin qolar farzandingdan,
Rozi boʻlgin ey xonadon dilbandingdan,
Shu ekanda qiz bolaning peshonasi,
Hayr endi ota uyning ostonasi,
Hayr endi ona uyning ostonasi.

Osmonda oy toʻlin boʻldi, toʻlin boʻldi yor-yor,
Qiz bolamiz kelin boʻldi, kelin boʻldi yor-yor,
Borgan joyi taxtli boʻlsin, taxtli boʻlsin yor-yora,
Taxtli boʻlsin.
Kelin-kuyov baxtli boʻlsin, baxtli boʻlsin yor-yora,
Baxtli boʻlsin.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!