🎵 Qoʻshiq matnlari

Sardor Rahimxon - Ishonmasman

3.3K marta oʻqildi
Sardor Rahimxon - Ishonmasman
Yana bir sen kabi janon
Borligiga ishonmasman,
Soʻzingdek soʻzlari dono
Borligiga ishonmasman. (x2)

Sochingdan tarqalur anbar
Desam kamlik qilur, dilbar, (x2)
Boʻyingdek boʻylari zebo
Borligiga ishonmasman. (x2)

Jim qolar toʻzgʻigan shamol
Agar sen tabassum qilsang, (x2)
Seningdek bulbuli goʻyo
Borligiga ishonmasman. (x2)

Seningdek bulbuli goʻyo
Borligiga ishonmasman.

Adoying koʻp, fidoying koʻp,
Shaydoying koʻpdir dunyoda,
Senga mendek biror shaydo
Borligiga ishonmasman. (x2)

Yana bir sen kabi janon
Borligiga ishonmasman.
Borligiga ishonmasman-ey,
Borligiga ishonmasman.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!