🎵 Qoʻshiq matnlari

Hosila Rahimova - Bos, bos

2.2K marta oʻqildi
Hosila Rahimova - Bos, bos
Boychibor oʻrtanib kishnadi,
Soʻligʻin chidona tishladi, (x2)
Qurga kirgin or uchun,
Koʻnglingda menday yor uchun. (x2)

Bu yolgʻonchi dunyoda
Oʻtkinchi erur bari.
Hayot maydoni, bilsang,
Asli oʻzi koʻpkari.

Bos, bos, qamchi bos,
Ot choptir yigitga mos. (x2)
Ey jigit, boshing koʻtar,
Yashagin jigitga xos!
Chovogʻon boshing koʻtar,
Yashagin jigitga xos!

Ozonda oʻkirgan oʻzingmi,
Burgutdek tikilgan oʻzingmi, (x2)
Shaylandim, omad – bevafo,
Davraga kirsam oʻzim yo? (x2)

Bu yolgʻonchi dunyoda
Oʻtkinchi erur bari.
Hayot maydoni, bilsang,
Asli oʻzi koʻpkari.

Bos, bos, qamchi bos,
Ot choptir yigitga mos. (x2)
Ey jigit, boshing koʻtar,
Yashagin jigitga xos!
Chovogʻon boshing koʻtar,
Yashagin jigitga xos!

Egarga yarashgan oʻzim,
Xudoyim qarashgan oʻzim. (x2)
Elimda uloqqa choʻzildim,
Or-nomus talashgan oʻzim! (x2)

Bu yolgʻonchi dunyoda
Oʻtkinchi erur bari.
Hayot maydoni, bilsang,
Asli oʻzi koʻpkari.

Bos, bos, qamchi bos,
Ot choptir yigitga mos. (x2)
Ey jigit, boshing koʻtar,
Yashagin jigitga xos!
Chovogʻon boshing koʻtar,
Yashagin jigitga xos!

Ey jigit, boshing koʻtar,
Yashagin jigitga xos!
Chovogʻon boshing koʻtar,
Yashagin jigitga xos!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!