🎵 Qoʻshiq matnlari

Nasiba Abdullaeva - Umr bahori

1.6K marta oʻqildi
Nasiba Abdullaeva - Umr bahori
Zar beshikka quyosh belandi,
Shoshma – deb oy tongga elandi,
Tunu kunlar shunday ulandi,
Oqayotir yillar anhori,
Qaytarmikan umr bahori? (x2)

Sochimizga qirovlar indi,
Baxt otiga birovlar mindi,
Dilda boʻlay soʻrovlar tindi,
Qulamasdan hayot chinori,
Qaytarmikan umr bahori?

Bahor, bahor, umr bahori,
Orzularim, umid nahori.
Bahor, bahor, umr bahori,
Qaytarmikan umr bahori? (x2)

Toʻlmay turib yuraklar muzga,
Uzrimiz bor munisa koʻzga,
Aytarmi doʻst bir rozin bizga,
Oʻrtamizda turur devori,
Qaytarmikan umr bahori?

Koʻngil hanuz mehr soʻraydi,
Sogʻinchiga gullar oʻraydi,
Muhabbatim deb yoʻl qaraydi,
Boburning ham tutib xumori,
Qaytarmikan umr bahori?

Bahor, bahor, umr bahori,
Orzularim, umid nahori.
Bahor, bahor, umr bahori,
Qaytarmikan umr bahori? (x3)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!